Maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta yutug‘i, bilmagani muammo

23.01.2023, 17:17

Maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta yutug‘i, bilmagani muammo

“Siz menga yoshlaringizni ko‘rsating, men sizga kelajagingizgi aytib beraman”, – deb aytganda donishmand haq edi. Chunki, har qanday mamlakatning yorqin kelajagini bilimli, iqtidorli, dunyoviy ilm-fan asoslarini, kasb-hunar sirlarini mukammal egallagan, yuksak ma’naviyatli avlod belgilaydi.

Davlatimiz rahbari o‘tgan yil 20 dekabrda Parlamentga va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida ta’lim masalasiga to‘xtalib, ma’rifatparvar jadid bobolarimizning “Najot – ta’limda, najot – tarbiyada, najot – bilimda. Chunki, barcha ezgu maqsadlarga bilim va tarbiya tufayli erishiladi”, – degan so‘zlari deputat va senatorlar, siyosiy partiyalar, mahalliy kengashlar, butun davlat apparati, keng jamoatchilikning amaliy harakatiga aylanishi kerak, deb ta’kidlagan va ta’lim sohasidagi ustivor vazifalarni qayd etib o‘tgan edi. Murojaatnomada maktab o‘quvchilarini kamida ikkita xorijiy til va bitta kasb-hunarga o‘rgatish ustuvor vazifa etib belgilangandi.

Ta’lim-tarbiya masalasi – farzandlarimiz kelajagi bilan uzviy bog‘liq bo‘lgani bois, Murojaatnomada aytilgan fikrlar, ilgari surilgan tashabbuslar nafaqat soha xodimlarini, balki mamlakatimizdagi hech bir insonni befarq qoldirmadi.

Joriy yil 20 yanvar kuni davlatimiz rahbari huzurida maktablarda xorijiy tillar va kasb o‘rgatish tizimini rivojlantirish masalalari bo‘yicha kengaytirilgan yig‘ilish o‘tkazildi. Yig‘ilishda xorijiy tillarni o‘qitish sifatini oshirish va o‘quvchilarni kasbga yo‘naltirish masalalari muhokama qilindi.

So‘nggi yillarda barcha sohalarda bo‘lgani kabi, ta’limga, o‘qituvchilarga e’tibor oshdi, oliy ta’limda qabul soni va yo‘nalishlar ko‘paydi. Lekin, maktablardagi sifat hali talab darajasiga chiqqani yo‘q. Masalan, 11 yil maktabda o‘qigan bola chet tilini mukammal bilmaydi. Sharoit va mutaxassislar yo‘qligi sababli yoshlarni kasblarga qiziqtirish muhiti shakllanmagan. Maktab bitiruvchilarining 50 foizi mehnat bozoriga hech qanday kasbga ega bo‘lmasdan kirib kelmoqda.

– Maktabdan kasb va tilni bilib chiqqan bola jamiyatimizning katta yutug‘i, bilmagani muammo, – deb ta’kidladi Prezidentimiz.

Yig‘ilishda aytib o‘tilganidek, ayni paytda har bir viloyatdan bittadan shahar va ikkitadan tuman tanlab olinib, tuman va mahallalarning xususiyatidan kelib chiqqan holda o‘quvchilarga maktabning o‘zida 64 xil ishchi kasblar sir asrorlarini o‘rgatish ko‘zda tutilmoqda.

Mahalliy hokimliklarga ushbu tanlab olingan maktablarda kasb-hunar ustaxonalari tashkil etish, ularni jihozlash va zarur ashyolar bilan ta’minlash vazifasi qo‘yildi. Bunga yoshlar yetakchilari va tadbirkorlar ham jalb etiladi, Yoshlar jamg‘armasidan mablag‘lar yo‘naltiriladi.

Chet tillarini sifatli o‘rgatish uchun maktablarga “til egasi” bo‘lgan pedagoglar jalb qilish, Prezident maktablarining til o‘rgatish tajribasi, darslik va dasturlarini tatbiq etish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.

Xalqimizda “Bir bolaga yetti mahalla ota-ona”, degan gap bor. Xalqimizning asriy va hayotiy qarashlari asosida shakllangan falsafiy dunyoqarashining ifodasi bo‘lgan ushbu ibora zamirida ham katta ma’no-mazmun mujassam. Shunday ekan, bugun Prezidentimiz tashabbusi bilan jamiyatimizdagi eng ustivor masalaga aylangan – farzandlar ta’lim-tarbiyasiga barchamiz daxldormiz. Joylardagi maktablarda yaratilgan sharoitlar, darsliklar ta’minoti, farzanadlarimizning ta’lim olishi, o‘z ona tilidan tashqari ikkita chet tillini o‘rganib, attestat bilan birgalikda o‘zlari tanlagan kasb-hunar sirlari egasi bo‘lib chiqishlari uchun birgina o‘qituvchi emas, balki mamlakat taraqqiyoti uchun jon kuydiradigan har bir inson – ota-onalar, keng jamoatchilik bab-baravar mas’uldir.

Sherzod MAMATQULOV

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

appart rahbari

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    492
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+