BPT rahbarlari aholi murojaatlarini hal qilyapti
23.01.2023, 17:55

Anomal sovuq kunlarda hududlardagi aholini qiynab kelayotgan muammolar mutasaddi tashkilot xodimlari tomonidan o‘rganilib, ijobiy tomonga hal etilmoqda. Shunday tadbirlardan biri Navoiy viloyatining olis G’ozg‘on shahrida ham amalga oshirilmoqda.
O’zLiDeP G’ozg‘on shahar kengashi apparat rahbari, “Guliston” MFY BPT raisi V.Safoyev tashabbusi bilan shahar gaz taminoti va hududiy elektr tarmoqlari tashkilotlari mutaxassislari ishtirokida G’ozg‘on shahridagi xonadonlarning gaz va elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolari o‘rganildi.
Muammolarini o‘rganish jaryonida "Tumar" MFYda istiqomat qiluvchi aholi markaziy ko‘chadagi ko‘cha yoritish chiroqlari nosoz ekanligini bildirdi. Ushbu murojaat masullar tomonidan atroflicha o‘rganilib, shu kunning o‘zida markaziy ko‘chadagi nosoz ko‘cha yoritish chiroqlari yangilandi.
Shuningdek, har bir xonadonga gaz va elektr energiyasining to‘siqlarsiz yetib borishi uchun mahallalardagi barcha hisoblagichlar hamda transformatorlar nazoratdan o‘tkazildi.
Yurtimizda kuzatilayotgan ob-havo injiqliklari sharoitida kuzatilayotgan qiyichiliklarni bartaraf etishda O’zLiDeP faollri jonbozlik ko‘rsatishmoqda.
O'zLiDeP Navoiy viloyat kengashi
Matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
-
BPT rahbari qaysi amaliy ishi uchun yuksak baholandi?
02.03.2023, 17:25
-
BPT faoliyatidagi kamchiliklar ochiqlandi
02.03.2023, 15:32
-
G’alvir suvdan qanday ko‘tarilyapti?
02.03.2023, 11:15
Fikringizni qoldiring