Xalq vakillari faoliyati qanday bo‘lishi kerak?

24.01.2023, 09:43

Xalq vakillari faoliyati qanday bo‘lishi kerak?

So‘nggi olti yildagi eng asosiy islohotlaridan biri siyosiy sohadagi islohotlar hisoblanadi. Bunda, xalq deputatlari Mahalliy Kengashlari va deputatlari faoliyatini alohida ta’kidlash muhim.

Har yili an’anaga aylangan O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga va xalqimizga murojaatnomalarida deputatlarga ishonch bildirilib, ko‘plab mas’uliyatli yo‘nalishlarni nazorat qilish topshirildi.

Murojaatnomada taraqqiyotimizning muhim yo‘nalishlarini nafaqat nazorat qilish balki, inson qadri uchun amalga oshirilayotgan islohotlarda bosh-qosh bo‘lish masalalari qo‘yildi.

Eng avvalo, sifatli ta’limni ta’minlash, ta’lim tizimini takomillashtirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish masalasi 2023 yilning ustuvor vazifasi sifatida belgilanmoqda.

Joriy yilda deputatlarimiz tomonidan har bir ta’lim muassasalaridagi holat to‘liq o‘rganib chiqilishi, bog‘cha va maktablarimizdagi, oligoh va nodavlat ta’lim tashkilotlaridagi muammolar o‘rganiladi.

Aniqlangan muammolarni hal etish yuzasidan tegishli idoralar bilan birgalikda yo‘l xaritalari ishlab chiqiladi va ijrosi nazoratga olinadi.

Sifatli ta’limni ta’minlash yuzasidan yurtimizdagi eng namunali ta’lim tashkilotlari tajribalari o‘rganilishi hamda zamonaviy xorijiy tajribalarni joriy qilish masalalari bo‘yicha asoslantirilgan takliflar amaliyotga joriy etiladi.

Shu bilan birga, aholimiz va yosh avlod o‘rtasida bilim olish, ilm o‘rganish, ustozlarni e’zozlash, inson kapitalini rivojlantirishning jamiyat taraqqiyotidagi o‘rnini tushuntirish yo‘nalishidagi targ‘ibot-tashviqot ishlarida faol bo‘lish ham juda zarur.

Jamiyatimizdagi eng razil illat bo‘lgan korrupsiyani oldini olishda ham deputatlar faolligi juda muhim ahamiyat kasb etadi.

Bunda, budjetdan mablag‘ oluvchi tashkilotlar tomonidan davlat xaridlarini amalga oshirishda korrupsiya va manfaatlar to‘qnashuviga yo‘l qo‘ymaslik uchun, deputatlar tomonidan qat’iy va muntazam jamoatchilik nazoratini ta’minlanadi.

Mazkur yo‘nalishda deputatlar o‘z okruglarida budjet mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan qurilish ob’ektlarida sarflanayotgan har bir so‘m pulni maqsadli va manzilli ishlatilishini nazorat qiladi.

Murojaatnomadagi muhim yo‘nalishlardan biri energiya samaradorligi, energiya resurslarini tejash va qayta tiklanuvchi energiya manbalarini o‘rnatilishini kengaytirish yo‘nalishidir.

Joriy yil qish mavsumi bu borada kamchiliklarimizni ko‘rsatishi bilan birga, kelgusida qanday yo‘l tutishimiz lozimligini ham belgilab berdi.

Energiya borasida so‘z borganda eng avval uni tejash masalasida aniq tadbirlar ishlab chiqib, aholiga va ulgurji iste’molchilarga tushuntirish zarur.

Energiya tejovchi texnologiyalardan keng foydalanish va energiya samaradorligiga erishish yuzasidan qat’iy jamoatchilik nazoratini ta’minlash, ushbu ishlar natijadorligini oshirishga xizmat qiladi.

Eng asosiy masala, qayta tiklanuvchi energiya manbalarini tashkilotlar va aholi o‘rtasida o‘rnatilishini keng joriy qilishdir.

Bu borada, vazifalar aniq, qayta tiklanuvchi energiya manbasi uskunasi o‘rnatuvchilarni aniqlash, moliyaviy manbasini hal etish, yetkazib beruvchilarni topish va jarayonni amalga oshirish.

Aholi va tadbirkorlar uchun qayta tiklanuvchi energiya manbasi uskunalari ko‘rgazmalarini hududlarda tashkil qilish katta samara beradi.

Ko‘rgazmalarda tijorat banklarining faol ishtiroki ta’minlanishi muhim, banklar tomonidan iste’molchilarga kredit ajratish masalalari tezkor hal etishi hisobiga yuqori natijadorlikka erishiladi.

Qayta tiklanuvchi energiya manbasini joriy qilish, asosiy tarmoqqa yuklamani kamaytirish bilan birga, qo‘shimcha energiya olish imkonini yaratadi.

Davlat tomonidan ajratiladigan subsidiyalar va imtiyozlarni jamoatchilikka yetkazishda ham deputatlar tomonidan yuqori faollik talab etiladi.

Hulosa qilib aytganda, “Prezident murojaatnomasi” instituti nafaqat islohotlarni amalga oshirish vositasi, balki, deputatlik tuzilmalarining ham Vatan taraqqiyotiga xizmat qilish asoslarini mustahkamlamoqda.

Baxtiyor Ruxitdinov,

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi bo‘lim mudiri,

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashi deputati

 

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    172
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+