Deputat tashabbusi bilan beton stolbalar o‘rnatilib, elektr simlari tortildi
24.01.2023, 14:22

Mamlakatimizda korxona va tashkilot rahbarlari, deputatlarning ishtirokida sayyor qabullar, uchrashuvlar tashkil qilinib, aholini qiynayotgan muammolarni aniqlash, ularning murojaatlarini, fikr-takliflarini tinglash, muammolarga yechim topish muhim axamiyat kasb etadi.
O’tgan yili dekabr oyida Beruniy tumanidagi “O’. Jumaniyozov” MFY dan saylangan Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Lola Xojaniyazova bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda aholidan elektr energiyasidagi uzilishlar, kuchlanishning nihoyat darajada pastligi bo‘yicha murojaat tushgandi.
Deputat ushbu aholi murojaatini Tuman elektr tarmoqlari korxonasi mas’ullariga yetkazib, muammoni o‘z nazoratiga oldi.
Mahallada 200 xonadon bor. Barchasi elektr energiyasi bilan ta’minlangan. Lekin "Sardoba", "Yalpizli" ko‘chalari, "Markaziy" ko‘chasining bir qismi, "Dilsaroy", "Yakkasaroy" ko‘chalarida 100 ga yaqin xonadonda kuchlanish past. Hududdagi mana shu xonadonlar uchun yangi transformator o‘rnatildi.
Hozirgi kunda ushbu hududdan saylangan partiya deputati L. Xojaniyazova yordami bilan 100 ta beton stolbalar o‘rnatilib, elektr simlari tortilyapti.
Hududda yangidan simyog‘ochlar o‘rnatish ishlari bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Deputat tashabbusi bilan notekis yo‘llar tekislanmoqda
09.03.2023, 18:17
-
Xotin-qizlarga deputatlarning bayram sovg‘alari ulashildi
07.03.2023, 17:58
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
Fikringizni qoldiring