Tinchlik – eng oliy ne’mat

25.01.2023, 15:50

Tinchlik – eng oliy ne’mat

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi tashabbusi bilan Sharof Rashidov tumanidagi harbiy qismda “Tinchlik – eng oliy ne’mat” mavzusida ma’rifiy tadbir tashkil etildi.

Partiya viloyat Kengashi raisining o‘rinbosari, xalq deputatlari Jizzax viloyat Kengashining deputati Farhod Odilov, O’zbekiston Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi xodimlari, shoir va yozuvchilar, harbiy qism zobit va askarlari ishtirok etgan tadbirda Davlatimiz rahbarining Parlamentga va xalqimizga yo‘llagan Murojaatnomasida belgilab berilgan vazifalarni hayotga joriy etishda osmonimiz musaffoligi va sarhadlarimiz daxlsizligi naqadar muhim ahamiyatga ega ekanligi haqida so‘z yuritildi.

Murojaatnomada ta’kidlanganidek, milliy xavfsizlikni ta’minlash, Qurolli kuchlarimiz jangovar salohiyatini oshirish borasidagi ishlarimiz yangi bosqichga olib chiqiladi.

Tadbir davomida shoirlar Vatanni, xalqimizni, harbiylarimizni ulug‘laydigan she’rlaridan o‘qib berdilar. Harbiylar ham o‘z o‘rnida xizmat vazifalarini bajarish uchun barcha shart-sharoitlar yaratilganini, mamlakatimiz tinchligi va osudaligi ishonchli qo‘llarda ekanligini ta’kidlab, bundan keyin ham jangovar tayyorgarlikni yanada kuchaytirib borishga va’da berdilar.

   Sirojiddin Axmatov,

O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

“Yoshlar qanoti” guruhi rahbari

  • Ko'rildi
    263
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+