O’zLiDeP huzuridagi Faxriylar Kengashi partiyaning g‘oya va maqsadlarini targ‘ib qilishda faollik ko‘rsatyapti

25.01.2023, 16:11

O’zLiDeP huzuridagi Faxriylar Kengashi partiyaning g‘oya va maqsadlarini targ‘ib qilishda faollik ko‘rsatyapti

Yurtimizda azal-azaldan keksalarni qadrlash, hurmatini joyiga qo‘yish ulug‘ qadriyat sanalgan. Bu an’ana bugungi kunda ham davom etmoqda. Ayniqsa, mamlakatimiz rahbarining oqilona siyosati tufayli yurtimizda keksa avlod vakillariga katta g‘amxo‘rliklar ko‘rsatilmoqda. O’zLiDeP qoshida faoliyat yuritib kelayotgan Faxriylar Kengashi ham ana shu maqsadda tashkil qilingan edi.

Ushbu tuzilma partiyamiz mafkuraviy va siyosiy faoliyatini mustahkamlash, partiya faxriylarining ijtimoiy faolligini kuchaytirish, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini amalga oshirish, tegishli normativ-huquqiy hujjatlarga partiya pozitsiyasidan kelib chiqib takliflarni tayyorlash, partiya kengashlari tomonidan o‘tkazilayotgan ommaviy-siyosiy, madaniy tadbirlarni o‘tkazish va partiya faoliyatiga taalluqli boshqa ko‘plab ishlar amalga oshirilishiga ko‘maklashib kelyapti.

Birgina O’zLiDeP Toshkent shahar Kengashi huzuridagi Faxriylar Kengashining o‘tgan yildagi faoliyatini sarhisob qiladigan bo‘lsak, mazkur tuzilma tomonidan qator salmoqli ishlar olib borildi.

Xususan, o‘tgan yil davomida ommaviy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy, madaniy tadbirlar hamda keksalar uchun ularning yoshini hisobga olgan holda maxsus sport musobaqalari, keksa yozuvchilar, can’at vakillari va ijodiy ziyolilarning boshqa vakillarini taklif etgan holda ijodiy kechalar tashkil etib kelinmoqda.

Hisobot davrida poytaxtimiz Toshkent shahrida jami 47 ta tadbirlar tashkil etildi. Ularda 3276 nafar kishi ishtiroki qamrab olindi. Shuningdek, O`zLiDeP dasturiy maqsad va vazifalarini, g‘oyasini targ‘ib qilish, partiya faxriylarining ijtimoiy faolligini kuchaytirish,  partiya Kengashlari tomonidan o‘tkazilayotgan tadbirlarning amalga oshirilishiga ko‘maklashishda bir qancha amaliy ishlar qilindi.

Joylarda nuroniy otaxon va onaxonlarimizni qo‘llab-quvvatlash, ularni bo‘sh vaqtlarini samarali tashkil qilish borasida Samarqand, Buxoro, Xiva, Farg‘ona hamda Qo‘qon shaharlariga sayyohatlar uyushtirildi. Partiyamiz faollari ko‘magida 250 nafar nuroniy otaxon va onaxonlarimiz sayyohat qilib kelishdi.

Bundan tashqari Faxriylar Kengashi a’zolari bilim va tajribalarini yoshlarga o‘rgatib kelmoqdalar. Joylarda deputatlar bilan hamkorlikda yolg‘iz qariyalar, nogironligi bo‘lgan fuqarolar, kam ta’minlangan va ijtimoiy ximoyaga muxtoj oilalar holidan xabar olib ularni muammoli masalalarini hal etilishida hamda mahalla hududida bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etishda kamtarona hissalarini qo‘shib kelmoqdalar. O’tgan yili 7 ta bepul tibbiy ko‘riklar tashkil etilib ijtimoiy himoyaga muhtoj, nogironligi bor oilalar vakillaridan jami 576 nafari bepul ko‘rikdan o‘tkazildi. Bu boradagi ezgu ishlarimiz joriy yilda ham samarali davom ettiriladi.

Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, aholi farovonligi yo‘lida barchamiz birgalikda ishlashimiz, yurt taqdiriga daxldor bo‘lib yashashimiz kerak ! 

To‘rabek Nazarov,

O`zLiDeP Toshkent shahar Kengashi huzuridagi

Faxriylar Kengashi raisi

  • Ko'rildi
    154
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+