O’quv-seminarning navbatdagisi Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvor vazifalarga bag‘ishlandi
27.01.2023, 18:08

Ma’lumki, O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi Ayollar qanoti hamda Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasining qo‘shma qaroriga asosan Prezident Shavkat Mirziyoyevning 2022 yil 20 dekabrdagi Oliy Majlis va O’zbekiston xalqiga Murojaatnomasining oltita ustuvor yo‘nalishlaridagi vazifalarni amalga oshirish hamda Murojaatnoma targ‘iboti bo‘yicha alohida ishchi guruhlar tuzilib, ularning har biri uchun o‘z yo‘nalishida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilangan edi.
Shundan kelib chiqqan holda partiya Ayollar qanoti, Siyosiy ta’lim markazi va Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamkorligida partiya xodimlari, mahalliy kengash deputatlari, deputat yordamchilari, BPT raislari uchun mazkur hujjat mazmun-mohiyatini chuqur o‘rganishga bag‘ishlangan turkum davra suhbatlari va o‘quv seminarlar tashkil etilmoqda.
O`zLiDeP va uning Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi fraksiyasi hamkorligida “Ayollar qanoti”ning hududiy Kengashlardagi barcha faollari va mahalliy Kengashlardagi deputatlari uchun Murojaatnomada xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvorliklarga bag‘ishlangan o‘quv-seminari tashkil etildi.
Tadbirda Murojaatnomada belgilangan ustuvor yo‘nalishlar, Yangi O’zbekistonda xotin-qizlarning jamiyatdagi rolini oshirish, gender tenglik va oila masalalari bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar hamda istiqboldagi vazifalar, “Prezident Murojaatnomasida ayollarning siyosiy faolligini, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish yo‘nalishidagi ustuvor vazifalar”, “Xotin-qizlarning siyosiy faolligini rag‘batlantirishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish”, “Siyosiy tajribaga ega bo‘lmagan va saylovlarda qatnashish istagidagi ayollarning siyosiy ko‘nikmalarini rivojlantirish hamda xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning jamiyat hayotidagi faol ishtirokini ta’minlashda O’zLiDePning o‘rni va vazifalari” haqida atroflicha ma’lumot va tushuntirishlar berildi.
Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligi huzuridagi Oila va xotin-qizlar qo‘mitasi mas’ullarining xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash masalasida qilinayotgan ishlar yuzasidan tahliliy ma’lumotlari va taqdimotlari atroflicha muhokama qilindi hamda xulosa va takliflar bildirildi.
O’quv-seminarda onlayn ishtirok etgan O`zLiDeP “Ayollar qanoti”ning hududiy Kengashlardagi mas’ul xodimlari va faollari, mahalliy Kengashlardagi deputatlari hamda boshqa ishtirokchilar ham o‘z fikr va mulohazalar, xulosa va takliflarini bildirishdi, munozara va muhokamalarga, savol-javoblarga ham alohida e’tibor qaratildi.
Nasimjon Alimov,
O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi
Siyosiy ta’lim markazi rahbari.
O'xshash yangiliklar
-
Tanlov orqali faoliyatimni yanada kengaytirishga doir muhim hamkorlar va biznes g‘oyalar orttirdim
22.09.2023, 16:41
-
Bugun qaysi sohani olmang, o‘sha yo‘nalishdagi islohotlarda xotin-qizlar faol
22.09.2023, 16:37
-
Men o‘zbek ayolining nelarga qodirligini dunyo ko‘rishini istayman
22.09.2023, 16:33
-
O’zbekistonda ovchilik guvohnomasini olgan yagona ayol ekanligimdan faxrlanaman
22.09.2023, 16:27
-
Intilishi kuchli ayol uchun tadbirkor bo‘lish oson
19.09.2023, 11:11
Fikringizni qoldiring