Xotin-qizlarning tadbirkorlikka oid ko‘nikmalari oshirildi
27.01.2023, 18:09

O'zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi raisining ayollar masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati D.Axmedova tomonidan uning o‘zi rahbarlik qilib kelayotgan “Tadbirkor ayol” O’zbekiston ishbilarmon ayollar assotsiatsiyasi viloyat hududiy bo‘limidagi partiya quyi bo‘g‘ini faollari ishtirokida tadbirkorlikka qiziquvchi hamda MFYlardagi “Ayollar” hamda “Yoshlar” daftari ro‘yxatiga olingan ayollarni o‘z tanlagan sohalari bo‘yicha faoliyatlarini boshlashlariga ko‘maklashish maqsadida vaqti vaqti bilan davra suhbatlari, seminar-trening va boshqa tadbirlarni o‘tkazish samarali tashkil etilgan.
Bu bejiz emas. Negaki, Taraqqiyot strategiyasining ayollar tadbirkorligini rivojlantirishga oid yo‘nalishida bu boradagi ustuvor vazifalar hamda ularni amalga oshirish bo‘yicha davlatimiz rahbarining aniq ko‘rsatmalari belgilab berilgan.
Yaqinda ushbu BPTda tadbirkorlik sohasida ko‘p yillik boy tajribaga ega bo‘lgan D.Axmedova rahbarligida partiyaning “Bunyodkor ayollar” loyihasi doirasida “Tadbirkorlik -davr talabi" mavzusida davra suhbati tashkil etildi. Unda sohaga qiziquvchi ayollardan tashqari MFYlardagi uy bekalari, “Ayollar” hamda “Yoshlar” daftari ro‘yxatiga olingan xotin-qizlar ishtirok etib o‘zlari uchun tegishli maslahat va tavsiyalarni oldilar. Tadbir davomida o‘z tadbirkorlik faoliyatini yo‘lga qo‘yish, uni yuritish, imtyozli kreditlar ajratish va boshqa masalalar bo‘yicha atroflicha fikr almashildi.
Tadbirkorlikka oid partiyaviy loyihalar mazmun-mohiyati hamda ularda ishtirok etish shartlari, shuningdek, O'zLiDeP saylovoldi dasturi bo‘yicha ham batafsil ma’lumotlar berildi.
Davra suhbati tinglovchilarini qiziqtirgan savollarga tashkilotchilar tomonidan aniq javoblar berildi.
O'xshash yangiliklar
-
Uzunlik partiya faoli gulchilik faoliyati orqali 5 kishini ishli qildi
13.03.2023, 14:42
-
Xotin-qizlarga deputatlarning bayram sovg‘alari ulashildi
07.03.2023, 17:58
-
Onalar – butun bashariyatning tarbiyachilaridir
07.03.2023, 17:44
-
Xotin-qizlarga bo‘lgan e’tibor yildan yilga kuchayib borayotganiga guvoh bo‘lyapmiz
07.03.2023, 17:29
-
Asakalik tomorqachi ayol 18 sotix yerdan yiliga 120 million so‘mga yaqin daromad topmoqda
02.03.2023, 15:23
Fikringizni qoldiring