Deputatlar faoliyatini jonlantirishga qaratilgan amaliy seminar o‘tkazildi
27.01.2023, 18:11

Qoraqalpog‘iston Respublikasining Taxtako‘pir, Qorao‘zak va Chimboy tumanlarida Xalq deputatlari mahalliy Kengashlari deputatlari, kotibiyat mudirlari hamda fuqarolar yig‘inlari raislarining bilimlarini oshirishga bag‘ishlangan o‘quv-seminarlar tashkil qilindi.
Partiyaning Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi mas’ul xodimlari, Mahalla va nuroniylarni qo‘llab-quvvatlash bo‘limi va tuman Adliya bo‘limi mas’ul xodimlar ishtirok qilgan seminarda Prezident Murojaatnomasining mazmun-mohiyati tushuntirildi.
Murojaatnomada 6 ta ustuvor yo‘nalish bo‘yicha belgilab berilgan vazifalar, deputatlarning faoliyatini yanada jonlantirish, ayniqsa xalq vakillarining saylovchilar bilan uchrashuvlari, ko‘tarilgan muammolarga yechim topish va uni bartaraf etish borasidagi faolligi xususida to‘xtalib o‘tildi.
Seminar davomida tuman kengashi deputatlari, kotibiyat mudirlari va fuqarolar yig‘inlari raislarining mas’uliyatini yanada oshirish va ish faoliyatini yanada takomillashtirib borish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.
O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi
Kengashi matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Deputat tashabbusi bilan notekis yo‘llar tekislanmoqda
09.03.2023, 18:17
-
Xotin-qizlarga deputatlarning bayram sovg‘alari ulashildi
07.03.2023, 17:58
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
Fikringizni qoldiring