Sirdaryo tumanida yaqinda ish boshlagan yangi korxona faoliyati bilan tanishildi
27.01.2023, 19:38

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi O’zbekiston Liberal-demokratik partiyasi fraksiyasi a’zosi Botir To‘razoda Sirdaryo tumanida bo‘lib, tumanning iqtisodiy o‘sish sur’atlari, oziq-ovqat mahsulotlarning yetishtirish, saqlash, qayta ishlash korxonalarini tashkil qilinishi borasidagi ishlarni ko‘zdan kechirdi.
O’zLiDeP deputati Sirdaryo tumanida ish boshlagan “Yallama Mega Export” jamiyatining katta xajmdagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini saqlash uchun mo‘njallangan muzlatgich kameralar faoliyati bilan yaqindan tanishdi.
U yerda hozirgi kunda 1000 tonna piyoz, 400 tonna kartoshka, 300 tonna karam, 200 tonna sabzi, 200 tonna lavlagi va 100 tonna “turup” zahirasi saqlanmoqda. Zahiradagi qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini talabidan kelib chiqib, ichki va tashqi bozorlarga yo‘naltiriladi.
Deputat mazkur korxona rahbari Otabek Saparbayev bilan suhbatlashar ekan, kelgusidagi faoliyatini yanada kengaytirish borasida o‘z takliflarini bildirib o‘tdi. Tadbirkorning ishsiz fuqarolarini bandligini ta’minlash, iqtisodiyotini ko‘tarishga qo‘shayotgan ushbu hissasini alohida e’tirof etdi.
O'xshash yangiliklar
-
Surxondaryo kambag‘allik va ishsizlikdan holi hududga aylanadi
14.03.2023, 16:00
-
“Mahalliy amaldorlar endi o‘qituvchini tekin xizmatkorga aylantirolmaydi” – G'ayrat Abdiyev
14.03.2023, 12:14
-
Xalq orzu-umidlari ro‘yobiga xizmat qiluvchi hujjat
13.03.2023, 14:48
-
Hokimlarning xalq deputatlari Kengashlariga rahbarlik qilish instituti bekor qilinadi
10.03.2023, 10:30
-
Konstitutsion islohotlar
09.03.2023, 13:55
Fikringizni qoldiring