Deputat ko‘magi bilan 5 nafar nogironligi bor fuqarolarga qo‘lda boshqariladigan elektron nogironlik aravachasi olib berildi
31.01.2023, 16:01

Aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamini, nogironligi bor insonlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning og‘irini yengil qilish borasida xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashida faoliyat olib borayotgan 11 nafar O`zLiDeP deputatlik guruhi a’zolari ham tizimli ravishda bir qator ishlarni amalga oshirmoqdalar. Jizzaxlik faol deputatlarimizdan biri – Abdulaziz Xo‘jakov, shahardagi “Shodlik” MFYda hokim yordamchisi sifatida ham faoliyat olib bormoqda.
Yaqinda mahallada istiqomat qiluvchi nogironligi bor fuqarolar nogironlar kreslo-aravachalari olishda yordam so‘rab deputatga murojaat qilishdi. Ushbu murojaatni o‘z nazoratiga olgan Abdulaziz Xo‘jakov tomonidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovnomalari chiqarildi.
Natijada murojaatlar ijobiy hal qilinib, 4 nafar nogironligi bor fuqarolar oddiy va bir nafar nogironligi bor fuqaro elektr yuritmali nogironlar kreslo-aravachalari bilan ta’minlandi.
Zayniddin Eshqulov,
O`zLiDeP Jizzax viloyat kengashi
STM va deputatlik guruhlari
bilan ishlash bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Deputat tashabbusi bilan notekis yo‘llar tekislanmoqda
09.03.2023, 18:17
-
Xotin-qizlarga deputatlarning bayram sovg‘alari ulashildi
07.03.2023, 17:58
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
Fikringizni qoldiring