“Alibazar” internet bozori asoschisi Alisher Avazov qashqadaryolik tadbirkorlar bilan muloqot qildi

31.01.2023, 16:04

“Alibazar” internet bozori asoschisi Alisher Avazov qashqadaryolik tadbirkorlar bilan muloqot qildi

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi tashkilotchiligida Qarshi shahrida   taniqli tadbirkor,  Alibazar.uz, Europool.uz saytlari va AQShdagi bir necha biznes-kompaniya asoschisi, biznes-trener Alisher Avazov ishtirokida “Biznesda boshqaruv psixologiyasi” mavzusida qashqadaryolik tadbirkorlar uchun mahorat darslari bo‘lib o‘tdi.

 O’zbekistonda eng sara va sifatli qurilish mollarini sotadigan birinchi onlayn bozor – Alibazar   O’zbekiston qurilish bozorida 12 yildan buyon o‘z o‘rniga ega.  “Yevropol”kompaniyasi hamda Alibazar internet bozori asoschisi Alisher Avazov anjuman ishtirokchilariga o‘z hayoti, tadbirkorlikni qanday boshlagani va chekkan zahmatlari haqida gapirib berdi.

-12 yoshimdan buyon tadbirkorlik bilan shug‘ullanaman, -dedi A. Avazov. – Men shug‘ullanmagan biznes sohasi yo‘q. Ko‘p yo‘nalishlarda faoliyat olib bordim, bizneslarim inqirozga uchradi, qarzga botdim. Ammo yo‘limdan qaytmadim. Adashmagan biznesmen hech qachon yaxshi biznesmen bo‘la olmaydi.   Xatolar meni tarbiyalanadi, chiniqtirdi, saboq berdi.  AQSh va O’zbekiston bozorlarini o‘rgangan holda, 2016 yil mamlakatimizda qurilish mollari sotadigan onlayn-do‘kon yaratish uchun aynan shu sohada, shu yo‘nalishda faoliyat yurituvchi kompaniyalarga ishga kirdim. Ulardan ish o‘rganib, tajriba orttirdim. 2017 yil ish boshladim. 12 yildan buyon qurilish mollari savdosi bilan shug‘ullanganim bois, bu g‘oya O’zbekistonda innovatsion g‘oya ekanligiga ishonch hosil qilganman.

Partiya deputatlari va vohaning yosh tadbirkorlari bilan bo‘lgan muloqotda Alisher Avazov tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, mablag‘dan samarali foydalanish, marketing, bozor tanlashda nimalarga e’tibor qaratish, har qanday sharoitda ham maqsad sari dadil intilish zarurligini alohida qayd etarkan, musohaba ishtirokchilarini qiziqtirgan barcha savollarga  batafsil javoblar qaytardi.

O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi

Matbuot xizmati.

  • Ko'rildi
    1776
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+