Urgut tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasida partiyaning quyi bo‘g‘ini tashkil etildi
31.01.2023, 16:48

Yo‘lsozlik — ulug‘, shu bilan birga, mashaqqatli kasb. Xalqimizning “Yo‘l qurish — savob” degan purma’no naqli zamirida ham ana shu hayot haqiqati mujassam. Negaki, kichik bir yo‘l yoki ko‘prik bunyod etilishi tufayli qanchadan-qancha odamlar mushkuli osonlashib, manzili yaqinlashadi
Bugungi kunda Urgut tuman yo‘llardan foydalanish unitar korxonasi tumanda umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llarini qurish, rekonstruksiya qilish, ta’mirlash va ulardan foydalanish borasidagi tadbirlarni o‘z vaqtida va sifatli amalga oshirish uchun qulay sharoitlarni yaratish maqsadida tinimsiz mehnat qilib kelmoqda.
O`zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi vakillari mazkur unitar korxona xodimlari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
Uchrashuv jarayonida partiya safiga qabul qilinish istagini bildirgan 18 nafar korxona ishchilariga a’zolik guvohnomalari berilib, korxona qoshida O‘zLiDePning yangi boshlang‘ich tashkiloti ochildi.
Nasiba Mo‘minova,
O‘zLiDeP viloyat Kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
-
BPT rahbari qaysi amaliy ishi uchun yuksak baholandi?
02.03.2023, 17:25
-
BPT faoliyatidagi kamchiliklar ochiqlandi
02.03.2023, 15:32
-
G’alvir suvdan qanday ko‘tarilyapti?
02.03.2023, 11:15
Fikringizni qoldiring