Jomboylik deputat saylovchilarga hisobot berdi

31.01.2023, 16:50

Jomboylik deputat saylovchilarga hisobot berdi

Jomboy tumani 25-Nurafshon saylov okrugidan tuman deputatligiga saylangan Nodir To‘rayev tumanning Quduqli mahallasidagi 29-maktabda aholi bilan uchrashuvi o‘tkazdi.

Uchrashuvda deputat 2022 yil davomida amalga oshirgan ishlari yuzasidan saylovchilarga hisobot berdi.

Jumladan, 2022 yil davomida saylovchilar bilan 4 marotaba uchrashuv o‘tkazib,  unda 78 ta murojaatlarni qabul qilgan, shundan 50 ta masalali muammolarni yechimni topganligi qayd etildi.

“Quduqli” mahallasidagi Quduqli 1 qishlog‘iga yangi transformator hamda sim yog‘och ustunlarni almashtirishda faollik ko‘rsatgan xalq noyibi 10 dan ortiq saylovchilarga gaz balon olib berganligi ta’kildandi.

Shuningdek, shu mahalladagi Zilola Asadova, Shahlo Habibovalarning uylarini ta’mirlash, tom qismlarni yopishda hamda eshik romlar olib berishda amaliy yordam ko‘rsatilgan.

Shundan so‘ng deputat fuqarolarning o‘ndan ortiq murojaatlarini qabul qildi.

Quduqli 2 qishlog‘idan Maysara Safarova gaz balon olib berish hamda ichki ko‘chalariga tosh to‘kishga yordam berishni so‘radi.

Kulchabiy qishlog‘idan Feruza Dilmurodova  uyining ustini yopishda yordam amaliy yordam so‘ragan bo‘lsa, Oyjaxon Ashurova “Temir” daftarga kiritish bo‘yicha murojaat qildi. Mazkur masala deputat tomonidan  uyiga borib yashash sharoiti o‘rganilib, deputat xulosasi asosida “Temir” daftarga kiritiladigan bo‘ldi.

Elyor Achilboyev murojatida Quduqli 1 qishlog‘ining asosiy yo‘li talabga javob bermasligi, bolalarga maktabga borishda bahor va qish mavsumida qiyinchiliklar tug‘ilayotganligi aytib o‘tildi.

Mazkur masala deputat tomonidan joyida borib o‘rganildi va deputatlik so‘rovi chiqarilib ijrosi nazoratga olindi.

Shu kunni o‘zida deputat 29-maktab 11-sinf bitiruvchilari bilan uchrashuv o‘tkazdi. Bugungi kunda mazkur maktabda 615 nafar o‘quvchilar tahsil olmoqda shundan 45 nafari bitiruvchi yoshlar hisoblanadi.

        Nasiba Mo‘minova,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    282
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+