Yoshlar parlamenti saylovi: nomzodlarning hujjatlari nizom talablariga muvofiq qabul qilinyapti
31.01.2023, 16:53

Shu kunlarda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga o‘tkaziladigan bo‘lajak saylovga tayyorgarlik ishlari Toshkent shahrida faol olib borilmoqda. Jumladan, O’zLiDeP Toshkent shahar va tuman Kengashlari tomonidan saylovni tashkil etish hamda o‘tkazish maqsadida tashkiliy qo‘mita va hakamlar hay’ati tuzilib, chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Hozirgi kunda tegishli okrugdagi tumanlarda saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda. Masalan, Poytaxtimizning Yunusobod va Mirzo Ulug‘bek tumanlarida ham tanlov nizomida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosiga jiddiy kirishildi.
Partiya mas’ullari hamda tegishli jamoat tashkilotlari faollaridan iborat hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan nomzodlarning hujjatlari belgilangan tartibda ko‘zdan kechirilib, ularga tegishli tavsiya va maslahatlar berilmoqda.
Darhaqiqat, yoshlarning iste’dod va qobiliyati, ezgu intilishlarini to‘liq ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy qarashlarga ega yigit-qizlarni tarbiyalash, hayotda munosib o‘rin egallashlari uchun barcha imkoniyatlarni yaratib berish davlatimiz va jamiyatimizni bosh maqsadi bo‘lib qolaveradi. Yoshlarimizni kelajagimiz vorislari deb bemalol ayta olamiz.
O'xshash yangiliklar
-
Kelajaging uchun ovoz ber!
30.03.2023, 12:34
-
Yangilanayotgan Konstitutsiya yosh olimlar nigohida
27.03.2023, 15:55
-
Jizzaxlik talaba-yoshlar o‘z tengdoshlarini referendumda faol ishtirok etishga chaqirdi
27.03.2023, 13:14
-
“REFERENDUMDA FAOL ISHTIROK ETAMIZ” deyishmoqda namanganlik talaba yoshlar
25.03.2023, 14:24
-
Yoshlar huquqlari Konstitutsiya himoyasi ostida bo‘ladi
23.03.2023, 14:55
Fikringizni qoldiring