“Yoshlar parlamenti” faol yoshlarning haqiqiy minbariga aylanadi
31.01.2023, 17:01

Barcha sohada dunyoqarashi keng, yetuk bilimga ega bo‘lgan ma’naviyatli yoshlar yurtimiz tayanchi va ishonchidir. Bugungi yoshlarimizdan har jabhada faol bo‘lib, jamiyatda o‘z o‘rnini topa olishi, huquq va erkinliklarini tushungan, holda Yangi O’zbekistonga xos bo‘lgan demokratik va fuqarolik jamiyatining munosib vakili bo‘lishni zamonning o‘zi taqozo qilmoqda.
O’zLiDeP Xorazm viloyati Kengashi «Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi» tomonidan Urganch shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazida har sohada faol yoshlar bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Tadbirda davlatimiz tomonidan yoshlarga berilayotgan e’tibor, ularni qo‘llab-quvvatlash, bilim olishlari, kasb-hunarga o‘rganishlari, jamiyat hayotida munosib o‘ringa ega bo‘lishlari borasida yaratilgan imkoniyatlar yigit-qizlar hayotida muhim ahamiyatga ega bo‘layotganligi alohida ta’kidlandi. Ayni paytda “Yoshlar parlamenti”ning siyosiy hayotdagi o‘rni muhim ekanligi qayd etildi. Shu kunlarda “Yoshlar parlamenti”ga saylovlar targ‘iboti qizg‘in davom etayotganligi, bundan ko‘plab yoshlarimiz xabardor bo‘lib, qiziqish bildirayotganliklari, ushbu saylovga oid Nizom, saylovning o‘tkazilish tartibi, tadbirning saralash bosqichlari to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berib o‘tildi.
- Eng muhimi, “Yoshlar parlamenti”ga bo‘lajak saylovlarda har tomonlama munosib, yurtimiz kelajagi, rivoji uchun o‘z hissasini qo‘sha oladigan yoshlarning saylanishi eng katta yutug‘imiz hisoblanadi. “Yoshlar parlamenti” yoshlarning huquq va erkinliklari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish bilan bir qatorda, vakillik organlari bilan hamkorlik qilish, qonun ijodkorligining barcha bosqichlaridan xabardorligini oshirish kabi jaryonlarda ham yoshlarni qo‘llab-quvvatlashda o‘ziga xos minbar bo‘lishiga ishonchimiz komil, - dedi uchrashuv tadbirida so‘z olgan Urganch shahridagi “Ishga marhamat” monomarkazi direktori Shirin Ro‘zmetova.
Tadbir so‘nggida “Yoshlar parlamenti” saylovlarida ishtirok etishni istagan yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga O’zLiDeP viloyat Kengashi mutaxassislari tomonidan atroflicha javob olishdi.
Sevara Ro‘zmetova,
O’zLiDeP Xorazm viloyati Kengashi
Yoshlar va biznes tuzilmalar
bilan ishlash bo‘limi mudiri.
O'xshash yangiliklar
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati talaba yoshlarga tushuntirildi
19.03.2023, 15:05
-
Yoshlarga g‘amxo‘rlik qilish – davlat va jamiyat majburiyati!
19.03.2023, 14:57
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Davlat dasturi – yoshlar nigohida
09.03.2023, 18:22
-
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali talaba yoshlari partiya g‘oyalariga qiziqish bildirdi
28.02.2023, 18:50
Fikringizni qoldiring