Gaz quyish shoxobchalari faoliyatini tiklash
31.01.2023, 18:19

Deyarli har yili kuz-qish mavsumida avtotransport vositalariga gaz quyish shoxobchalarida uzilishlar kuzatilmoqda. Ayniqsa, shu mavsumda anamal sovuq munosabati bilan aholi va ijtimoiy muassasalarni isitish uchun gaz quyish shoxobchalaridan gaz uzildi.
Endi “issiq kunlarga yetib keldik”, “hammasi joyiga tushib ketadi” - deb turgan paytimizda, birdaniga “gaz zapravka”larining ommaviy sotuvga qo‘yilishini kuzatyapmiz. Buning sabablarini o‘rganganimizda “gaz zapravka”lardagi tekshiruvlarning ko‘payib ketganligi va gaz ta’minotidagi nobaqarorliklarning yuzaga kelishi bilan bog‘liq bo‘lmoqda.
Yurtimizdagi transport vositalari soni, ular foydalanadigan yoqilg‘i turlari, kunlik ta’minot, resurslarning hududlarga adolatli taqsimlanishi masalalari yoqilg‘i ta’minotida ham oldimizda ko‘plab vazifalar turganini ko‘rsatmoqda.
Gaz ta’minotidagi uzilishlarda “gaz zapravka”larning aybi bormi va aybdor bo‘lmasa ular nima uchun tekshirilyapti, tekshiruvlarda belgilangan tartiblarga rioya qilinyaptimi degan savollar ham kun tartibiga chiqyapti.
Tahlillarga ko‘ra, yoqilg‘isi metan gaz bo‘lgan transport vositalari benzinga o‘tishi bilan, transport xizmatlari narxlari 2-3 barobarga oshib ketdi, bu mahsulotlar narxiga ham ta’sir qilmoqda. Qatnab ishlaydigan xodimlarning yo‘lkira xarajatlari oshishi natijasida boshqa xarajatlari hajmini ham cheklamoqda. Bu masala aholi farovonligiga o‘z ta’sirini ko‘rsatmay qolmayapti.
“Gaz zapravka”lar sotuvga qo‘yilishi, faoliyatining to‘xtashi yoki o‘zgarishi, faoliyat ko‘rsatayotgan gaz quyish shoxobchalariga yuklamaning ortishiga, yana navbatlarning ko‘payishiga sabab bo‘ladi.
Tekshirishlar yo‘nalishlari gazdan noqonuniy foydalanishni oldini olishga qaratilganligini hisobga olgan holda bu muammoni hal etishning muqobil yechimlarini topishni taqazo qilmoqda.
Jumladan, gaz quyish shoxobchalari hisoblagichlarini neytral hududga o‘rnatish orqali shaffoflikni ta’minlash, gaz quyish jarayonlarini raqamlashtirish orqali hisob tizimini aniqligini ta’minlash, hududlardagi gaz ta’minoti idoralarida korrupsiyaga qarshi kurash choralarini kuchaytirishga e’tibor qaratish maqsadga muvofiq.
Eng asosiysi, gaz quyish shoxobchalari faoliyatini tekshirishni qonun talablari doirasida bo‘lishini hamda tadbirkorlarning huquq va manfaatlarini himoya qilishni ta’minlashga qaratilishi lozim.
Baytiyor Ruxitdinov,
O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Konstitutsiyaviy islohotlar partiyamiz elektorati manfaatlariga xizmat qiladi
24.03.2023, 12:08
-
Adolatli soliqlar
24.03.2023, 12:04
-
Befarq, bee’tibor bo‘lmaylik
24.03.2023, 12:00
-
Ijtimoiy rivojlanishning kafolati
24.03.2023, 11:55
-
Xalqimizni rozi qilish ishlarida mahalla tizimining o‘rni beqiyosdir
22.03.2023, 13:22
Fikringizni qoldiring