Yosh tadbirkorning murojaati partiya faoli ko‘magida hal etildi
01.02.2023, 18:53

O`zLiDePning dasturiy maqsad-vazifalaridan biri – mahalliy tadbirkorlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, tijorat banklaridan imtiyozli kreditlar ajratilishida ko‘maklashishdan iboratdir.
Romitanlik partiya faollari bu borada o‘z vakolatlari doirasida faoliyat olib bormoqdalar.
Romitan tuman “Zarafshon” MFYda yashovchi yosh tadbirkor Tolmas Xo‘jayevning chorvachilikni rivojlantirish maqsadida tuman tijorat banklaridan imtiyozli kredit ajratilishida amaliy yordam so‘rab qilgan murojaati e’tiborsiz qoldirilgani yo‘q.
Partiya tuman Kengashi apparati rahbari Nasriddin Vohidov ko‘magida Tolmas Xo‘jayevning qilgan murojaati ijobiy hal etilib, unga Agrobankning tuman bo‘limidan 50 mln so‘m miqdorida imtiyozli kredit ajratiladigan bo‘ldi.
Bu hududda tadbirkorlikni rivojlantirish maqsadida olib borilayotgan keng ko‘lamli ishlarda O`zLiDeP faollarining ham salmoqli hissasi qo‘shilayotganidan dalolatdir.
O'xshash yangiliklar
-
Deputatlik eshituvi: Gurlanda investitsiya loyihalarning bajarilishi muhokama etildi
26.12.2022, 18:17
-
Deputatlar va tadbirkorlar muloqotida qilingan murojaatlar nazoratga olindi
31.10.2022, 12:17
-
Uchqo‘rg‘onlik mohir tadbirkor
23.09.2022, 16:15
-
Tadbirkorlarning muammo va takliflari o‘rganildi
20.09.2022, 16:06
-
Urganch shahrida o‘tkazilgan deputatlar va tadbirkorlar muloqotida 5 ta murojaat joyida hal qilindi
15.09.2022, 16:12
Fikringizni qoldiring