Deputatlar mutasaddi rahbarlarning hisobotini eshitdi
01.02.2023, 18:55

Xalq deputatlari Zafarobod tuman Kengashidagi O`zLiDeP deputatlik guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Unda “Zafarobod tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi boshlig‘i Sharof Suyarqulovning hisoboti eshitildi.
Mutasaddi o‘z hisobotida, tuman hududida 35 km gaz quvurlari havo bosimi ostida zichlikka sinalib, havo bosimi yordamida tozalanganini ta’kidlab o‘tdi. “Nurafshon” ShFY hududidagi 1 dona GTSh mukammal ta’mirlandi. 4.4 km yer osti gaz quvurlarining holati tekshirildi. Amalga oshirilgan sa’y-harakatlar natijasida 635 ta xonadonda tabiiy gaz ta’minoti yaxshilandi.
Tumanda soha xodimlari tomonidan “Turmushda gazdan xavfsiz foydalanish” hamda is gazidan zaharlanishning oldini olish bo‘yicha ko‘rgazmali eslatmalar o‘rnatilib, xonadonlarga ogohlantirish xatlari tarqatib chiqildi.
Tumanda tabiiy gaz ta’minotiga ulanmagan hududlarda yashovchi aholi xonadonlariga o‘z vaqtida suyultirilgan gaz yetkazib berish yo‘lga qo‘yilgan. Suyultirilgan gazdan foydalanuvchi har bir xonadonda tushuntirish ishlari amalga oshirilib, ularga tarqatma materiallar berib chiqildi.
Tabiiy gaz uskunasidan gaz sizib chiqishi holatlari, qarzdorlik sababli avtomatik ravishda o‘chib qolishi va uni qayta ulab olish bo‘yicha murojaatlarni hal qilish uchun bo‘limning “Ishonch telefoni” kecha-yu kunduz ishlab turibdi.
Ayni kunlarda mas’ul mutaxassis xodimlardan iborat guruhning tunu-kunlik navbatchiligi yo‘lga qo‘yilgan. Ular tomonidan fuqarolardan kelib tushgan murojaatlarni o‘z vaqtida bartaraf etish choralari ko‘rilmoqda.
Yig‘ilish davomida mutasaddining hisobotini qoniqarli, deb topgan deputatlar, sohadagi mavjud muamolarni bartaraf etish yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini, takliflarini bildirib o‘tdilar.
Tumanda aholini tabiiy va suyultirilgan gaz bilan ta’minlash holatini muntazam deputatlik nazoratiga olish, yuzaga keladigan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf etish yuzasidan chora tadbirlar belgilab olindi.
Zayniddin EShQULOV,
O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
STM va deputatlik guruhlari
bilan ishlash bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Deputat tashabbusi bilan notekis yo‘llar tekislanmoqda
09.03.2023, 18:17
-
Xotin-qizlarga deputatlarning bayram sovg‘alari ulashildi
07.03.2023, 17:58
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
Fikringizni qoldiring