Jizzaxda biznes-trener A.Avazov ishtirokida tadbirkorlar uchun “mahorat darslari” tashkil etildi
01.02.2023, 18:56

Xabaringiz bor, Alibazar.uz, Europool.uz saytlari va AQShdagi bir necha biznes-kompaniya asoschisi, biznes-trener Alisher Avazov respublikamiz viloyatlarida tadbirkorlar uchun “Biznesda boshqaruv psixologiyasi” mavzusida “Mahorat darslari” o‘tkazmoqda.
O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi bilan hamkorlikda tashkil etilgan ana shunday “Mahorat darslari” Jizzax shahrida ham bo‘lib o‘tdi.
Ikki yuzdan ortiq tadbirkorlar, o‘z biznesini yo‘lga qo‘yish ishtiyoqida bo‘lgan yigit-qizlar ishtirok etgan tadbirda taniqli tadbirkor tajribasidan kelib chiqqan holda yig‘ilganlarga o‘zining qimmatli maslahat va yo‘l-yo‘riqlarini berib o‘tdi.
Ayniqsa, mablag‘dan unumli foydalanish, investitsiyalar jalb qilish, xorijiy ishgbilarmonlar bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘yish va shu kabi boshqa yo‘nalishlarda berilgan yo‘l-yo‘riqlar tinglovchilarda katta taassurot qoldirdi.
Jonli muloqot tarzida o‘tgan tadbir davomida ishtirokochilar biznes-trenerdan tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yish, rivojlantirish borasida o‘zlarini qiziqtirgan ko‘plab savollariga batafsil javob olish imkoniga ega bo‘ldilar.
O`zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi
Matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
O‘zLiDePning navbatdagi event-tadbiri Xorazmda bo‘lib o‘tdi
30.03.2023, 14:11
-
Kelajaging uchun ovoz ber!
30.03.2023, 12:34
-
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli bo‘ladi
30.03.2023, 12:29
-
Farovonlik, erkinlik, mas’uliyat
30.03.2023, 12:26
-
Islohotlar inson qadri uchun
30.03.2023, 12:09
Fikringizni qoldiring