Monomarkazlar ishsiz yoshlarga kasb-hunar o‘rganishda katta ko‘makchi bo‘lyapti
01.02.2023, 19:04

Prezidentimiz raisligida o‘tgan kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash hamda kichik biznesni rivojlantirishga qo‘shimcha sharoitlar yaratish chora-tadbirlariga bag‘ishlab o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan topshiriqlar ijrosini ta’minlash maqsadida O’zLiDeP Navoiy viloyat Kengashi vakillari Navoiy shahrida joylashgan “Ishga marhamat” Monomarkazi faoliyati bilan tanishdi.
Muloqotda tashkilotlar o‘rtasida ijtimoiy sheriklikni kuchaytirish, markaz bitiruvchilarini bandligini ta’minlashda hamkorlikni yo‘lga qo‘yish hamda markaz tinglovchilari uchun partiyaning faol ishbilarmon doiralarini jilb etgan holda mahorat darslari, press-turlar tashkil etish, ularning ijtimoiy-siyosiy, iqtisodiy bilimlarini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi. Shunindek, partiya xodimlari tomonidan markazda yaratilgan sharoitlar jamoatchilik asosida o‘rganildi.
Mazkur Monomarkaz 2021 yil iyul oyidan faoliyatini boshlagan bo‘lib, Navoiy Kon Metallurgiya Kombinati AJ hamda viloyatdagi boshqa yirik sanoat korxonalari uchun murakkab uskuna operatori, texnolog, konchi, laborant va yuqori texnalogiyalar sohasidagi boshqa yo‘nalishlarga o‘qitish yo‘lga qo‘yilgan. O’tgan 2022 yilda davomida jami 3,6 ming nafar tinglovchilar 35 ta yo‘nalishda jumladan, servis va xizmat ko‘rsatish, texnik, qurilish, qishloq xo‘jaligi, raqamli texnologiyalarni o‘rgatish kabi qator sohalar bo‘yicha kasb-hunarga o‘qitildi. Natijada 2,5 ming nafar bitiruvchi yoshlarning bandligi ta’minlandi.
O'zLiDeP Navoiy viloyat kengashi
bo‘lim mudiri Sh. Shokirova
O'xshash yangiliklar
-
Barcha sa’y-harakatlar inson qadrini yuksaltirishga qaratilgan
29.03.2023, 14:29
-
Avval – inson, keyin jamiyat va davlat
29.03.2023, 14:26
-
Qulay investitsiyaviy va ishbilarmonlik muhiti ta’minlanadi
29.03.2023, 14:25
-
Inson qadri ustun
29.03.2023, 14:23
-
Asosiy Qonunimizda fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va maqomi yanada mustahkamlanadi
29.03.2023, 14:22
Fikringizni qoldiring