Samarqandda taniqli tadbirkor Alisher Avazov bilan biznes trening o‘tkazildi
01.02.2023, 19:06

Samarqand viloyati Yoshlar markazida O’zLiDeP deputatlari, viloyatdagi faol tadbirkorlar, endi tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan partiya “Yoshlar qanoti” a’zolari ishtirokida taniqli tadbirkor, Alibazar.uz, Europool.uz saytlari va AQShdagi bir necha biznes-kompaniya asoschisi, biznes-trener Alisher Avazov bilan “Biznesda boshqaruv psixologiyasi” mavzusida davra suhbadi tashkil etildi.
O’zbekistondagi sifatli qurilish mollarini savdosida birinchi onlayn bozor – Alibazar O’zbekiston qurilish bozorini yo‘lga qo‘ygan tadbirkor Alisher Avazov 12 yoshidan buyon tadbirkorlik bilan shug‘ullanaishi va tadbirkorlik yo‘nalishlaridagi bizneslarini inqirozi haqida aytib o‘tdi. Ammo bu yo‘lidan qaytmay biznesni davom ettirgani hozirgi kunda esa eng yaxshi tadbirkorlardan biri ekanini aytib endi tadbirkorligini boshlamoqchi bo‘lgan yoshlar, havasmandlarga kuchli motivatsiya berdi.
Shuningdek tadbirkorlikni yo‘lga qo‘yishda mablag‘dan samarali foydalanish, marketing, bozor tanlashda nimalarga e’tibor qaratish, har qanday sharoitda ham maqsad sari dadil intilish zarurligini alohida qayd etdi va asosiysi har bir tadbirkor bo‘laman degan inson o‘z ishini yaxshi ko‘rishi lozimligini aytib o‘tdi.
Suhbat davomida ishtirokchilarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar qaytardi.
Shavkat Gafurov,
O’zLiDeP Samarqand viloyat kengashi
bo‘lim mudiri
O'xshash yangiliklar
-
O‘zLiDePning navbatdagi event-tadbiri Xorazmda bo‘lib o‘tdi
30.03.2023, 14:11
-
Kelajaging uchun ovoz ber!
30.03.2023, 12:34
-
Xotin-qizlar va erkaklar teng huquqli bo‘ladi
30.03.2023, 12:29
-
Farovonlik, erkinlik, mas’uliyat
30.03.2023, 12:26
-
Islohotlar inson qadri uchun
30.03.2023, 12:09
Fikringizni qoldiring