Yoshlar parlamenti: bo‘lajak saylovlarga eng munosib nomzodlar saralanmoqda
02.02.2023, 12:01

O’zbekiston – yoshlar mamlakati. Respublikamiz aholisining 60 foizdan ko‘prog‘ini aynan 30 yoshgacha bo‘lgan yoshlar tashkil qiladi. Bugun uchinchi Uyg‘onish davrining tamal toshlari qo‘yilayotgan Yangi O’zbekistonda yoshlarimizning o‘z iqtidorlarini namoyon qilib, barcha sohalarda faollik ko‘rsatishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.
Ayni kunlarda O’zLiDeP Jizzax viloyati Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalar bilan ishlash bo‘limi tomonidan “Yoshlar parlamenti”ga bo‘lib o‘tadigan saylovlarga nomzodlarni saralash bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.
“Yoshlar parlamenti” saylovlarida ishtirok etishni istagan yoshlarning hujjatlari partiya mas’ullari hamda tegishli jamoat tashkilotlari faollaridan iborat Hakamlar hay’ati a’zolari tomonidan atroflicha o‘rganib chiqilmoqda. Shuningdek, yoshlarga ushbu saylovga oid Nizom, saylovning o‘tkazilish tartibi, tadbirning saralash bosqichlari to‘g‘risida batafsil tushuntirishlar berib o‘tilmoqda.
Sirojiddin AXMATOV
O’zLiDeP Jizzax viloyati Kengashi
Yoshlar va biznes tuzilmalar
bilan ishlash bo‘limi mudiri
O'xshash yangiliklar
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati talaba yoshlarga tushuntirildi
19.03.2023, 15:05
-
Yoshlarga g‘amxo‘rlik qilish – davlat va jamiyat majburiyati!
19.03.2023, 14:57
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Davlat dasturi – yoshlar nigohida
09.03.2023, 18:22
-
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali talaba yoshlari partiya g‘oyalariga qiziqish bildirdi
28.02.2023, 18:50
Fikringizni qoldiring