Yoshlar parlamentiga iste’dodli yoshlar saralanmoqda
02.02.2023, 15:19

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga o‘tkaziladigan bo‘lajak saylovga tayyorgarlik ishlari Navoiy viloyatida ham qizg‘in va jadallik bilan davom etmoqda. Yoshlar parlamentiga o‘tkaziladigan bo‘lajak saylovlarga tayyorgarlikning dastlabki bosqichi viloyatning hududlari bo‘ylab nizomda belgilangan shaklda, tegishli tartibda nomzodlarning hujjatlari qabul qilinmoqda.
Nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish mobaynida tuman, shahar yoshlarining jamoatchilik orasida o‘zining tashabbuskorligi, siyosiy savodxonligi, qo‘lga kiritgan yutuqlari, shunindek, partiya tomonidan tashkil etilayotgan turli tadbirlardagi faol ishtiroki bilan ajralib turgan yoshlarni saralab olishga ahamiyat berilmoqda.
Bundan ko‘zlangan maqsad yoshlarni parlamentga dahldorligini mustahkamlash, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy jarayonlardagi o‘rni va rolini yanada oshirish hamda barcha sohada dunyoqarashi keng va yetuk bilimga ega bo‘lgan ma’naviyatli yoshlarni yurtimiz tayanchiga aylantirishdan iboratdir.
Bugungi kunda davlatimiz rahbari tomonidan yoshlarga berilayotgan e’tibor natijasida ularni, bilim olishini, kasb-hunar o‘rganishini, iste’dod va qobiliyatilarini, ezgu intilishlarini to‘liq ro‘yobga chiqarishlariga imkoniyat yaratilmoqda. Yangi avlodning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, Vatanga sodiq, qat’iy hayotiy qarashlarga ega yigit-qizlarni tarbiyalash, hayotda munosib o‘rini egallashlarini taminlash davlatimizning ustuvor vazifasi bo‘lib qolaveradi.
O'zLiDeP Navoiy viloyat kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Konstitutsiyaviy qonun loyihasining mazmun-mohiyati talaba yoshlarga tushuntirildi
19.03.2023, 15:05
-
Yoshlarga g‘amxo‘rlik qilish – davlat va jamiyat majburiyati!
19.03.2023, 14:57
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Davlat dasturi – yoshlar nigohida
09.03.2023, 18:22
-
Samarqand davlat universiteti Urgut filiali talaba yoshlari partiya g‘oyalariga qiziqish bildirdi
28.02.2023, 18:50
Fikringizni qoldiring