Yoshlar parlamenti saylovi: zukko, bilimli yoshlar saralanmoqda

03.02.2023, 16:24

Yoshlar parlamenti saylovi: zukko, bilimli yoshlar saralanmoqda

Mamlakatimizda yoshlarga e’tibor masalasi davlat siyosati darajasiga ko‘tarilgan bo‘lib, ertamiz egalari o‘zlarining qiziqishlari bo‘yicha har tomonlama qo‘llab-quvvatlab kelinmoqda. Xususan, bu borada  Yangi O’zbekiston yoshlarining huquqiy savodxonligi, keng dunyoqarashi, yuqori intellektual salohiyatga ega ekanligi va ularni yanada rivojlantirishda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga o‘tkaziladigan saylovlarning ahamiyati kattadir. Shu kunlarda barcha yerda bo‘lganidek, Buxoro viloyatining G’ijduvon tumanida ham ushbu muhim jarayonning birinchi bosqichi qizg‘in davom etmoqda.

Hududdagi 18 yoshdan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar bo‘lajak saylov nizomi shartlariga qat’iy rioya qilgan holda belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilmoqdalar.   

E’tiborlisi shundagi, hujjat topshirayotgan yoshlarning aksariyati mamlakatimiz oliy ta’lim muassasalarida bilim olayotgan navqiron avlod vakillaridir.

Hujjat topshirish chog‘ida tegishli mas’ullar tomonidan bo‘lajak saylov haqidagi batafsil  ma’lumotlar berilib, targ‘ibot-tashviqot ishlari olib borilyapti.

Saylovda ishtirok etish istagida bo‘lgan yoshlarning siyosiy bilimi va huquqiy madaniyati, jamoatchilik ishlarida faolligi, O’zLiDePning dasuriy maqsad va vazifalarini to‘g‘ri anglab yetgani, turli sohalarda qo‘lga kiritgan yutuqlari va boshqa ijobiy jihatlariga alohida e’tibor qaratilyapti.

  • Ko'rildi
    372
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+