“Elektron hukumat” aholi, tadbirkorlar va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi

03.02.2023, 16:25

“Elektron hukumat” aholi, tadbirkorlar va davlat organlari o‘rtasida samarali muloqotni yo‘lga qo‘yishga xizmat qiladi

O`zLiDeP Jizzax shahar Kengashi tashabbusi bilan deputatlar, partiya faolllari, tadbirkorlar va bir qator hamkor tashkilot vakillari  ishtirokida “Elektron hukumat” konsepsiyasi aholi, tadbirkorlik sub’ektlari va davlat organlari o‘rtasida o‘zaro samarali muloqotni shakllantirishga xizmat qiladi” mavzusida davra suhbati tashkil etildi.

Ma’lumki, Elektron hukumat davlat organlarining jismoniy hamda yuridik shaxslarga axborot-kommunikatsiya texnologiyalari vositasida davlat xizmatlari ko‘rsatishga oid faoliyatini, shuningdek idoralar o‘rtasida elektron hamkorlik qilishni ta’minlashga yo‘anltirilgan tashkiliy-huquqiy chora-tadbirlar va texnik vositalar tizimi hisoblanadi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan mavzu yuzasidan  yig‘ilganlarga batafsil tushunchalar berib o‘tildi. Xususan, elektron hukumat tushunchasiga ta’rif berilar ekan, uni davlat oganlari ko‘rsatayotgan hizmatlarning ochiqligi, shaffofligi, shuningdek, samaradorligi va sifatini oshirish maqsadida raqamli texnologiyalardan foydalanish usuli deb tushunish lozimligi ta’kidlandi.

Tadbir davomida mutaxassislar tomonidan, kompyuter tarmoqlari, internet, telefon va boshqa shu kabi axborot texnologiyalari xizmatlaridan foydalanish sifatini oshirish, hukumat faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar bilan aloqa kanallarini yaratish, siyosiy yoki ma’muriy jarayonlarga fuqarolarni targ‘ibot va tashviqotlar orqali jalb qilish kabi jarayonlar yuzasidan yig‘ilganlarning savollariga batafsil javob berib o‘tildi.

Ta’kidlanganidek, elektron xizmatlarning rivoji, davlat organlari faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash barobarida nafaqat shu tashkilotning, balki butun mamlakatning umumiy imidjini mustahkamlashga xizmat qiladi.

  • Ko'rildi
    262
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+