Beruniylik 4 nafar “Ayollar daftari”dagi xotin-qizlarga asbob-uskunalar olib berildi
03.02.2023, 16:29

“Bir deputat yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida “Ayollar daftari”ga kiritilgan xotin-qizlarga moddiy-ma’naviy yordam ko‘rsatish, ularni qiynab kelayotgan masalalarga yechim topish maqsadida amaliy ishga qo‘l urildi.
Bugungi kunda Qoraqalpog‘iston Respublikasida loyiha doirasida xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga doir davlat siyosatining samarali amalga oshirilishini ta’minlash, ularga amaliy yordam ko‘rsatish bo‘yicha alohida e’tibor qaratilgan bo‘lib, bu borada hududlardan saylangan deputatlar tomonidan ko‘plab amaliy ishlar amalga oshirilmoqda.
Xalq deputatlari Beruniy tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhi a’zosi Xamida Matkarimova ham “Bir deputat – yuz ayolga ko‘makchi” loyihasi doirasida ehtiyojmand oilalarga ko‘mak ko‘rsatib kelyapti.
Jumladan, partiya faoli «Do‘stlik» OFYdagi «Ayollar daftari» ro‘yxatida turgan ishsiz ayollarga subsidiya asosida asbob-uskunalar olib berishda va bandligini ta’minlashda tashabbus ko‘rsatdi. Mazur mahalla fuqarolari Ye.Davletbayeva va M.Jumakovalarga tikuv mashinasi, S.Bazarbayevaga parrandachilik bilan shug‘ullanishi uchun inkubator berildi. Yana bir ayol Z.Kurbanbayevaga pishiriq pishirishi uchun pechka berildi. Hozirgi kunda bu mahalla qizlari o‘z-o‘zini band qilib, faoliyatlarini olib bormoqda.
O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi Kengashi
matbuot xizmati
O'xshash yangiliklar
-
Quyi bo‘g‘in vakillari mahalliy kengash deputatlari bilan hamkorlikda aholi murojaatlarini hal qilayapti
13.03.2023, 14:40
-
Deputat talabalarning taklif va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatladi
09.03.2023, 18:28
-
Deputat tashabbusi bilan notekis yo‘llar tekislanmoqda
09.03.2023, 18:17
-
Xotin-qizlarga deputatlarning bayram sovg‘alari ulashildi
07.03.2023, 17:58
-
Deputatlar va BPT faollari quyosh panellarini o‘rnatish borasida targ‘ibot ishlarini olib boryapti
06.03.2023, 10:57
Fikringizni qoldiring