Samarqandda Yoshlar parlamenti a’zoligiga qabul jarayonlari qizg‘in davom etmoqda

03.02.2023, 16:34

Samarqandda Yoshlar parlamenti a’zoligiga qabul jarayonlari qizg‘in davom etmoqda

Xabaringiz bor, O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga o‘tkaziladigan bo‘lajak Saylovni tashkil etish va o‘tkazish ishlari davom etmoqda.

Barcha hududlarda bo‘lgani kabi Samarqand viloyatida ham “Yoshlar parlamenti a’zolarini saylash tartibi to‘g‘risida”gi NIZOM asosida ish olib borilmoqda va tegishli tartibda nomzodlarning hujjatlari qabul qilinmoqda.

O’zLiDeP Samarqand viloyat, tuman va shahar Kengashlarida tashkil etilgan shtablarda, nomzodlarning hujjatlarini qabul qilish mobaynida tuman va shahar yoshlarining jamoatchilik orasida o‘zining tashabbuskorligi, siyosiy savodxonligi, qo‘lga kiritgan yutuqlari, shuningdek, partiya tomonidan tashkil etilayotgan turli tadbirlardagi faol ishtiroki bilan ajralib turgan yoshlarni saralab olishga katta ahamiyat berilyapti.

Bugungi kungacha Samarqand viloyati tuman va shahar bosqichlarida 250 nafarga yaqin yoshlar o‘z hujjatlarini taqdim etishdi.

Mazkur loyihadan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarni parlamentga dahldorligini mustahkamlash, ularning mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy jarayonlardagi o‘rni va rolini yanada oshirish hamda barcha sohada dunyoqarashi keng va yetuk bilimga ega bo‘lgan ma’naviyatli yoshlarni yurtimiz tayanchiga aylantirishdan iboratdir.

Jahongir Xo‘jamqulov,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    315
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+