Partiya faollari sa’y-harkati bilan mahalladagi muammo ijobiy hal qilinadigan bo‘ldi

06.02.2023, 17:07

Partiya faollari sa’y-harkati bilan mahalladagi muammo ijobiy hal qilinadigan bo‘ldi

Xalq deputatlari viloyat Kengashidagi 36-“Navoiy” saylov okurugi hududiga kiruvchi Zomin tumani “Qo‘shtol” MFY Qangli qishlog‘i aholisiningning toza ichimlik suvi va suyultirilgan gaz yetkazib berish yuzasidan qilgan murojaati partiya faollari va mahalla oqsoqollaridan iborat ishchi guruh tomonidan o‘rganib chiqildi.

 Ma’lum bo‘lishicha, “Qo‘shtol” MFYga Jahon taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan Jizzax viloyati hokimligi “Yagona Buyurtmachi xizmati” Injiniring Kompaniyasi buyurtmasiga ko‘ra “Quvurqurilish Servis” XK tomonidan 3 dona artezian quduqlari qazilib, suv to‘plash uchun 3 dona suv minorasi, elektr energiyasi uchun 3 dona transformator o‘rnatilgan hamda ko‘chalarga suv quvurlari tortilgan bo‘lib barcha ishlar yakuniga yetkazilgan. Lekin, 2 oydan buyon aholiga foydalanish uchun topshirilmagan.

Zomin tuman “Suv ta’minot” bo‘limi rahbari Nurilla Azimovning ta’kidlashicha, mazkur suv quduqlari Jahon taraqqiyot banki mablag‘lari hisobidan qurilgan. Shu sabab,  tuman “Suv ta’minot” MChJ balansiga olinmagan. Biroq, aholiga suv tarmoqlarini ulab berish uchun mutaxassis ajratib berilishi mumkin. Ishchi guruh a’zolari, tegishli mutasaddi tashkilot vakillari va mahalla faollari bilan o‘zaro kengashgan holda muammoga maqbul yechim topishdi.

Buning uchun  xususiy tadbirkorlik sub’ektini tashkil etish, ushbu artezian quduqlarini uning balansiga olib, suv hisoblagichlar o‘rnatish talab qilinadi. Aholidan iste’mol uchun unidirilgan to‘lovlar hisobidan Jahon taraqqiyot bankining ushbu loyiha uchun ajratilgan imtiyozli krediti yopib boriladi. Qolgan mablag‘ elektr energiyasi va ta’mirlash xarajatlari uchun sarflanadi.

Ayni paytda muammoni hal qilish yuzasidan amaliy sa’y-harakatlar boshlab yuborildi.

Zayniddin Eshqulov,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Siyosiy ta’lim va deputatlik guruhlari bilan

ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    171
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+