Yoshlar tomonidan o‘z biznes loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qilingan murojaatlar deputat nazoratiga olindi

06.02.2023, 17:10

Yoshlar tomonidan o‘z biznes loyihalarini amalga oshirish bo‘yicha qilingan murojaatlar deputat nazoratiga olindi

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi “Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash” bo‘limi tomonidan partiya Jizzax shahar Kengashi bilan hamkorlikda "Ishga marhamat" monomarkazida “Kasbim mening – faxrim mening” deb nomlangan ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbirda deputatlar, partiya faollari hamda Monomarkazda kasb-hunar sirlarini o‘rganayotgan yoshlar ishtirok etdilar.

-Viloyatda mehnat bozorining samarali mexanizmlarini joriy etish, kam ta’minlangan va ishsiz fuqarolarni zamonaviy kasb-hunar sirlariga o‘rgatish va ularda tadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish, shu asosda ularni doimiy daromad keltiradigan mehnat va tadbirkorlik faoliyatiga jalb qilish partiya Saylovoldi platformamizdan o‘rin olgan dolzarb vazifalardan biri. Bugungi tadbirimizda yoshlarga yurtimizda tadbirkorlikni rivojlantirish borasida yaratilayotgan shart-sharoitlar, berilayotgan imtiyozlar haqida ma’lumotlar berish bilan bir qatorda, ularning reja va loyihalari bilan ham tanishdik, - deydi xalq deputatlari Jizzax shahar Kengashi deputati Abdulaziz Xo‘jakov.

Darhaqiqat, tadbir davomida bo‘lib o‘tgan ochiq muloqotlarda ishtirokchilar o‘z biznes rejalarini  yo‘lga qo‘yish borasida yo‘l-yo‘riqlar olishdi. Tadbir ishtirokchilaridan biri Zarnigor Xolbekovaning o‘z uyida pishiriq pishirish sexi tashkil qilish, Mashhura Jo‘rabekovaning tikuvchilik sexi ochish bo‘yicha ko‘mak so‘rab qilgan murojaatlari deputat nazoratiga olindi.

Abdukarim Isaxonov,

O’zLiDeP Jizzax shahar Kengashi

apparat rahbari

  • Ko'rildi
    210
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+