Yoshlar parlamenti saylovining birinchi bosqich yakunlandi

06.02.2023, 17:19

Yoshlar parlamenti saylovining birinchi bosqich yakunlandi

Shu kunlarda Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga o‘tkazilayotgan saylovlar qizg‘in pallaga kirdi.

Uch bosqichda o‘tishi belgilangan bu galgi saylovlarning 1-bosqichi o‘z nihoyasiga yetmoqda. Ikki hafta mobaynida viloyatning dastlabki bosqichi tuman-shaharlar bo‘ylab nizomda belgilangan shaklda, tegishli tartibda nomzodlarning hujjatlari qabul qilindi va partiya mas’ullari  hamda tegishli jamoat tashkilotlari faollaridan iborat hakamlar hay’ati  tomonidan eng munosiblari saralab olinib, keyingi bosqichga yo‘llanmalar berilmoqda.

Hazorasp tumanida ham mazkur saylovning birinchi bosqichi yakunlanib, eng iqtidorli yoshlar saralab olindi. Ularga viloyat bosqichida qatnashishlari uchun yo‘llanma berildi.

Yoshlar parlamentiga saylangan yoshlar kelgusida mamlakatimiz yoshlarining haq-huquqlarini himoya qilishga qaratiladigan amaldagi va yangi qonunlarni yanada takomillashtirishga salmoqli hissa qo‘shishlari bilan birga  partiyamiz g‘oyalarini keng targ‘ib qiladilar.

Nasiba Vaisova,

O’zLiDeP Xorazm viloyat kengashi

Jamoatchilik bilan aloqalar va

 mafkuraviy targ‘ibot bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    365
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+