Navoiylik yosh ixtirochi elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalarini tashkil etish bo‘yicha innovatsion loyiha yaratdi

07.02.2023, 16:46

Navoiylik yosh ixtirochi elektromobillar uchun quvvatlash stansiyalarini tashkil etish bo‘yicha innovatsion loyiha yaratdi

O’zLiDeP Navoiy viloyati kengashi va “Navoiy Yoshlar Texnoparki” MChJ hamkorligida Navoiy davlat konchilik va texnologiyalar universitetida “Yosh ixtirochilar iqtisodiyot tayanchi” mavzusida oliygohning faol talabaliri ishtirokida loyihalar ko‘rgazmasi tashkil etildi.

Tadbir O’zLiDeP Navoiy viloyati kengashi apparat rahbari Muhammadjon Eshniyozov so‘zga chiqib, bugungi kunda yoshlarning intellektual salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ijtimoiy jihatdan qo‘llab-quvvatlash, siyosiy-huquqiy bilimlarini mustahkamlash, islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash masalasiga katta e’tibor qaratilganligini va o‘quv jarayonlarida talabalar mustaqil ta’lim olish, tizimli tahlil qilish, ijodiy fikrlash va amaliy jumladantadbirkorlik ko‘nikmalarini shakllantirish zarurligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Shundan so‘ng, talaba yoshlar tomonidan turli yo‘nalishlardagi ixtirolar ko‘rgazmasi bilan tanishildi. Tadbir qatnashchilari orasida ta’lim dargohining 3-bosqich talabasi Ulug‘bek Abdullayev tomonidan ilgari surilgan elektromobillarni quvvatlash stansiyalarini tashkil etish bilan bog‘liq innovatsion loyihasi barchada katta qiziqish uyg‘otdi.

- Bugungi kunda 10 dan ziyod xodim 60 dan ortiq yoshlarga 3D modellashtirish, robototexnika, mexatronika kabi qator yo‘nalishlar bo‘yicha ta’lim berib kelamiz, - deydi “Navoiy Yoshlar Texnoparki” MChJ rahbari A.Abdiganiyev. Shuningdek korxonamizga Xitoy davlatidan yangi texnologiya olib kelinib o‘zimizda ishlab chiqarish tarmog‘i yo‘lga qo‘yilmoqda. Bu esa o‘z navbatida bir qancha yoshlarning ish bilan ta’minlashiga imkon yaratadi. Biz yosh ixtirochilarni hamkorlikda ishlashga taklif qilyapmiz.

Shuningdek, Karmana tumani “Mir Said Baxrom” mahallasida partiyaning faol yoshlari ishtirokida "Ayollar innovatsion rivojlanish tarafdori" loyihasi doirasida ham davra suhbati tashkil etildi. Tadbirda yoshlar, ayniqsa qizlar o‘rtasida ilm-fanni rivojlantirish, innovatsion tashabbuslarni ommalashtirish, ixtirochi yoshlarni qo‘llab-quvvatlash borasida partiya tomonidan amalga oshirilayotgan islohotlar xususida so‘z yuritildi.

“Ayollar qanoti” rahbari Sh.Shokirova loyiha haqida, uning maqsad va vazifalari to‘g‘risida ma’lumot berib, yosh qizlarni innovatsiya sohasida g‘oyalarini shakllantirishda tashabbus ko‘rsatishga chaqirdi va pariyaning ushbu loyihasi aynan shu maqsadlarga xizmat qilishi aytildi. Tadbir davomida talaba yoshlar o‘zlari qiziqtirgan savollarga mas’ullardan atroflicha javob oldilar. Tadbir talaba yoshlar o‘rtasida katta qiziqish o‘yg‘otdi.

O'zLiDeP Navoiy viloyat kengashi

 matbuot xizmati

 

  • Ko'rildi
    366
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+