Yoshlar parlamenti saylovi: Sirdaryo viloyatidan 100 nafarga yaqin yoshlar qiziqish bildirdi

07.02.2023, 16:51

Yoshlar parlamenti saylovi: Sirdaryo viloyatidan 100 nafarga yaqin yoshlar qiziqish bildirdi

O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamenti saylovining birinchi saralash bosqichi yakunlandi.

Mazkur saralash bosqichi Sirdaryo viloyatining barcha tuman va shaharlarida tashkil qilindi. Saylov jarayoniga 100 nafardan ziyod yoshlar qiziqish bildirgan. Tuman va shahar Kengashi xodimlari, deputatlari va partiya faollaridan tashkil topgan hakamlar xay’ati tomonidan tanlov nizomida belgilangan tartibda nomzodlarning hujjatlari ko‘rib chiqilib munosiblari viloyat bosqichiga tavsiya etildi.

Yoshlar parlamentiga nomzodlar asosan partiyaga xayrixohligi, har jabhada faolligi, tashabbuskorligi, qobiliyati, qonunchilik sohasidagi bilimi va tajribasi, huquqiy va siyosiy savodxonligi, erishgan muvaffaqiyatlari, keng jamoatchilik orasida o‘zgalarga o‘rnak bo‘lib kelayotgan shijoatli yoshlar ichidan saralab olindi.

Elyor Jo‘rayev

O’zLiDeP Sirdaryo viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    355
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+