Energiya ta’minotida nazorat kuchaytiriladi
08.02.2023, 15:58

Prezident Shavkat Mirziyoyev huzurida 6 fevral kuni energiya ta’minoti sohasida nazorat tizimini tartibga solish chora-tadbirlari yuzasidan o‘tkazilgan yig‘ilishda energiya yetkazib berish va hisob-kitob tizimidagi muammolar tanqidiy tahlil qilindi. Bu esa tumanlardagi tarmoq idoralari elektr va gazga ulanishga hisob-kitob va tahlillarsiz ruxsat berilayotganligi soha xodimlarining shundan keyingi o‘z faoliyatlariga jiddiy yondashishlari lozimligini, Prezidentimiz ko‘rsatmalari asosida ish olib borishlari zarurligini ko‘rsatmoqda.
Yig‘ilishda davlatimiz rahbari hanuzgacha tizimda o‘g‘irlik juda katta ekanligini bejiz ta’kidlagani yo‘q. Darhaqiqat, yurtimizning aksariyat joylarida elektr va gaz resurslari xo‘jasizlarcha talon-toroj qilinayapti. O’tgan yilning birgina dekabr oyida elektr va gazdan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 12 mingdan ziyod holatda 600 milliard so‘mlik zarar aniqlanganligi, jumladan, avtomobillarga gaz quyish shoxobchalari ustidan nazorat butunlay izdan chiqqanligi ayni haqiqatdir.
Shu bois yig‘ilishda energiya va gaz ta’minoti sohasidagi nazorat tizimini tartibga solish bo‘yicha Prezidentimiz tomonidan aniq topshiriqlar berildi. Ayniqsa, avtomobillarga gaz quyish shaxobchalari ustidan qat’iy nazorat o‘rnatish talab etilmoqda.
Muxtasar qilib aytganda, energiya ta’minoti sohasida nazorat tizimini tartibga solish chora-tadbirlari yuzasidan davlat tomonidan olib borilayotgan siyosatida belgilangan vazifalari va maqsadlarini aholiga yetkazishda mahalliy kengashlar deputatlari ham faollik ko‘rsatadi.
Bobomurod Ochilov,
O’zLiDeP Buxoro viloyat Kengashi
apparati rahbari,
Xalq deputatlari viloyat Kengashi deputati
O'xshash yangiliklar
-
Barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash yo‘lida
03.06.2023, 13:10
-
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi yanada takomillashtiriladi
02.06.2023, 19:11
-
Ishonch va mas’uliyat islohotlar ijrosining bosh mezoni
02.06.2023, 17:05
-
Ijtimoiy himoya tizimi yanada yaxshilanadi
02.06.2023, 17:02
-
Faqat sog‘lom va barkamol millatgina buyuk ishlarga qodir bo‘ladi
02.06.2023, 16:59
Fikringizni qoldiring