Deputat sayyor qabulida aholi murojaatlari hal etildi

08.02.2023, 16:42

Deputat sayyor qabulida aholi murojaatlari hal etildi

Kogon shahridagi Mahtumquli mahalla fuqarolar yig‘inida Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Murodillo Axmedovning sayyor qabuli bo‘lib o‘tdi. Unda hududdagi 4-sektor rahbariyati, kommunal soha mutasaddilari, ushbu MFY va 50 nafarga yaqin aholi vakillari ishtirok etdilar. Qabul doirasida dastlab mahallada faoliyat yuritayotgan mahalla raisi, hokim yordamchisi, yoshlar yetakchisi, ayollar faoli hamda profilaktika inspektorining o‘tgan 2022 yildagi faoliyati yakunlari hamda joriy 2023 yildagi rejalari to‘g‘risidagi hisobotlari eshitildi.

Sayyor qabul davomida saylovchilarning o‘z deputatlariga murojaatlari ham tinglandi.  Xususan, kam ta’minlangan oilalarning kommunal to‘lovlardagi qarzdorlik masalasi, ehtiyojmand kishilarni turar joylar bilan ta’minlash, tikuvchilik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarga subsidiya ajratilishida ko‘maklashish, talaba-yoshlarning kontrakt to‘lovlarini amalga oshirishda yordamlashish, shuningdek hududni obodonlashtirish, xususan, ko‘chalarga asfalt yotqizish, tungi yoritish chiroqlarini o‘rnatish borasida murojaat qilindi.  Bir qator murojaatlar o‘z joyida hal etilib, muddat talab etiladigan murojaatlar bo‘yicha fuqarolar bilan tegishli tushintirish ishlari olib borildi.

Bundan tashqari sayyor qabul davomida fuqarolarning "Tashabbusli budjet"ga taklif bildirishda faol ishtirok etishlari hamda muqobil energiyadan foydalanishni yo‘lga qo‘yish masalalari bo‘yicha ham tegishli tushuntirish ishlari amalga oshirildi.

Barcha faol deputatlar singari deputat M.Axmedovning  o‘z saylov okrugidagi faoliyati izchil davom ettirilmoqda.

  • Ko'rildi
    379
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+