Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 600 nafarga yaqin xotin-qizlar va yoshlar bandligi ta’minlandi

09.02.2023, 15:16

Bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasida 600 nafarga yaqin xotin-qizlar va yoshlar bandligi ta’minlandi

Ayollarning jamiyatdagi ijtimoiy siyosiy rolini oshirish va bandligini ta’minlash borasida amaliy ishlar olib borilmoqda. Xususan, Prezidentimizning Murojaatnomasida nazarda tutilgan xotin-qizlar yo‘nalishidagi ustuvorliklar, ularning kasb-hunar o‘rganishlari va bandligini ta’minlash masalalariga e’tibor qaratilmoqda.

O’zLiDeP Namangan viloyat Kengashi “Ayollar qanoti” va partiya faollari, Namangan viloyat hokimligi, Ichki ishlar, Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik boshqarmalari, Namangan viloyat prokuraturasi hamkorligida Namangan shahridagi "Ishga  marhamat" monomarkazida bo‘sh ish o‘rinlari mehnat yarmarkasi tashkil etildi.

Unda viloyatning barcha tumanlaridan ishsiz xotin-qizlar va yoshlar kelib ishtirok etishdi.

Prezidentimiz shu yil 3 fevral kuni Namangan viloyatiga tashriflari jarayonida viloyatda yil davomida 500 mingga yaqin ish o‘rinlari yaratish va bunda tadbirkorlik sub’ektlari imkoniyatlaridan samarali foydalanish yuzasidan vazifalar belgilab bergan edi.

Shundan kelib chiqib bugungi yarmarkada 130dan ortiq korxona va tashkilotlar 3000dan ortiq bo‘sh ish o‘rinlari bilan qatnashishdi.

Tadbir yakunida 600 nafarga yaqin xotin-qizlar va yoshlar bandligi ta’minlanib, malakali va hunarli bo‘lish istagida bo‘lgan 120 nafar yoshlarga esa markazdagi o‘quv kurslariga a’zo bo‘lish istagida ekanligini bildirishdi.

  • Ko'rildi
    294
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+