Navoiy g‘azallari, ruboiylaridan namunalar o‘qildi

09.02.2023, 18:02

Navoiy g‘azallari, ruboiylaridan namunalar o‘qildi

Alisher Navoiy bobomiz tavalludining 582 yilligiga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar yurtimizning barcha ta’lim muassasalarida, korxona va  tashkilotlarda davom etmoqda.

Beruniy va To‘rtko‘l tumanlarida “Navoiy yodi-la yashaymiz mudom!” deb nomlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar tashkil qilindi. 

- Ulug‘ mutafakkir olim, so‘z mulkining sultoni Alisher Navoiyning boy ma’naviy merosi asrlar osha butun bashariyatni hayratga solib, insonlar qalbiga, ongu shuuriga ezgulik, insonparvarlik, sahovat, mehr-muruvvat ziyosini taratib kelmoqda, - O’zLiDeP Beruniy tuman Kengashi apparat rahbari, deputat R.Yuldasheva. - Ulug‘ bobokalonimizga ehtirom ko‘rsatish, uning asarlarini o‘rganish, ta’lim-tarbiyaga doir har bir fikrlarini hayotimizga joriy etib, yoshlarga ham ushbu maqsadlarni singdirish  muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Maktab yoshlari tomonidan Navoiy g‘azallari, ruboiylaridan namunalar o‘qildi.  Har bir chiqishda Navoiy dahosiga hurmat-ehtirom ko‘rsatildi. Tadbir davomida eng faol bo‘lgan umumtalim maktablarining ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha targ‘ibotchilariga tashakkurnoma va esdalik sjvg‘flari topshirildi. 

O’zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    408
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+