Deputatlik eshituvi: bank rahbarlari hisobot berdi

10.02.2023, 16:15

Deputatlik eshituvi: bank rahbarlari hisobot berdi

Xalq deputatlari Mingbuloq tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Dastlab  kun tartibidagi masala yuzasidan “Xalq banki” AT Mingbuloq tuman filiali boshqaruvchisi Sh.Qosimovning hisoboti eshitildi.

Ta’kidlandiki, 2023 yilning o‘tgan  bir oyi davomida jami 82  nafar jismoniy shaxsga va iqtisodiyotning real sektorida faoliyat olib borayotgan  oltita xo‘jalik yurituvchi sub’ektga jami 4 mlrd. 112 mln. so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilgan, buning evaziga 102 ta yangi ish o‘rni yaratildi.

ATB Mikrokreditbank Mingbuloq filiali rahbari Xamidullo  Mavlonovning hisobotida esa o‘tgan oy davomida jami 47 nafar jismoniy shaxsga 3 mlrd 095 mln so‘mlik imtiyozli kredit mablag‘lari ajratilganligi va yangi ish urinlari yaratilgani ta’kidlandi.

Xalq banki tuman filiali boshqaruvchisi S.Yuldashevning  hisobotida   yoshlar loyihalarini moliyalashtirish hisobiga tumanda ishlab chiqarish sohasiga umumiy qiymati 1 mlrd. 203 mln so‘mlik kredit mablag‘lari yunaltirilganligiga e’tibor karatildi. 

Yig‘ilishda banklar tomonidan amalga oshirilgan ishlar bilan birga yo‘l qo‘yilgan ayrim kamchiliklar ham muhokama etildi. Jumladan, "Madaniyat" MFYda yashovchi fuqarolar A.Turaboyev hamda F.Urmonovlar  Xalq banki tuman filialidan issiqxona uchun imtiyozli kredit olishda ta’minotchilar tomonidan ularni  sarson  qilganliklari  yuzasidan shikoyat kilingan. 

Xalq banki tuman filiali boshlig‘i S.Yuldashev  ushbu murojaatni o‘z nazoratiga olishligi, masalani ijobiy hal qilishligini bildirib, qo‘shimcha ma’lumot berishini bildirdi.

Yig‘ilishda muhokama qilingan masalalar yuzasidan tegishli qaror qabul qilindi va deputatlar tomonidan jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish yuzasidan chora-tadbirlar belgilandi.

  • Ko'rildi
    279
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+