Yoshlarga internetdan to‘g‘ri, oqilona foydalanish borasida ko‘rsatmalar berildi

10.02.2023, 16:18

Yoshlarga internetdan to‘g‘ri, oqilona foydalanish borasida ko‘rsatmalar berildi

O'zLiDeP Toshkent shahar Kengashi Yoshlar va biznes tuzilmalari bilan ishlash bo‘limi hamda O'zLiDeP Mirzo Ulug‘bek tuman Kengashi bilan hamkorlikda “Xavfsiz internet” loyihasi doirasida “Internet xavfsizligi va yoshlarni buzg‘unchi  g‘oyalardan himoya qilish” mavzusida davra suhbati o‘tkazildi. Mazkur tadbir O’zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti talaba yoshlari ishtirokida tashkil qilindi.

So‘zga chiqqanlar tomonidan hozirgi kunda yoshlarni buzg‘unchi g‘oyalardan himoya qilish, ularga internetdan to‘g‘ri, oqilona foydalanish kerakligi haqida batafsil tushunchalar berildi. Ta’kidlanganidek, internet madaniyatini shakllantirish yoshlarni mustaqil fikrlashga o‘rgatish bilan birga kechadigan jarayon sanaladi. Mamlakatimizda internetdan foydalanish borasida keng imkoniyatlar yaratilgan. Biroq ayrim yoshlar internet axborotlaridan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish malakasiga ega emas. Shuni nazarda tutsak, yoshlarda axborot olish, tahlil etish ko‘nikmasini mustahkamlash, xavfsiz internet muhitini shakllantirish borasidagi ishlar samaradorligini oshirish zarurligini anglaymiz.

Tadbir davomida yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish bilan birga, ularga ushbu mavzuda taklif va tavsiyalar ham berildi. Aholining, ayniqsa, yoshlarning huquqiy bilimlarini mustahkamlash, internetdagi izlash tizimlarida ishlash ko‘nikmalarini oshirish, xavf-xatarni idrok eta olish qobiliyatini shakllantirish, bu borada ta’lim muassasalari, mutaxassislar, jamoat tashkilotlari va ota-onalarning hamjihatligi, yosh avlod ong-shuurida turli ma’naviy tahdidlar, axborot xurujlariga qarshi immunitetni kuchaytirish omillari haqida fikr almashildi.

  • Ko'rildi
    179
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+