Andijonning eng munosib yosh parlamentchilari saralab olindi

13.02.2023, 12:52

Andijonning eng munosib yosh parlamentchilari saralab olindi

Yurtimizda yoshlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy faolligi hamda tashabbusini qo‘llab-quvvatlash maqsadida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzurida “Yoshlar parlementi” tashkil etilgan.

Mamlakat yoshlarini qonun ijodkorligi jarayonidagi ishtirokini yanada kengaytirish hamda ularni jamiyatdagi siyosiy faol qatlamga aylantirayotgan  “Yoshlar parlamenti”ga eng munosib nomzodlarni saralab olish jarayonlari Andijonda ham yuqori saviyada tashkil etildi.

Saylovlarning dastlabki bosqichida partiya mahalliy Kengashlaridagi hakamlar hay’atlari unda qatnashish istagini bildirgan 327 nafar ishtirokchidan 30 nafarining hujjatlari viloyat bosqichida ko‘rib chiqish uchun saralab olindi.

Saylovning ikki kun mobaynida o‘tkazilgan viloyat bosqichi juda qizg‘in kechdi. Saylovning viloyat bosqichida ishtirok etayotgan 30 nafar “Yosh parlamentchi” bo‘lish istagidagi nomzodlar orasidan munosiblarini saralab olish hakamlar hay’atiga oson bo‘lmadi. Negaki, saylovda ishtirok etish uchun o‘z nomzodini ko‘rsatgan har bir qatnashchi o‘zining jamiyat va davlat ijtimoiy-siyosiy hayotidagi faolligi, huquqiy va siyosiy bilimi, mustahkam siyosiy pozitsiyasiga egaligi, jamiyat ijtimoiy hayotidagi voqeliklarga befarq emasligi, tengdoshlariga ibrat namunasini ko‘rsatayotganligi, partiya dasturiy g‘oya va maqsadlarini o‘z tengdoshlari orasida faol targ‘ib qilayotgani, OAVdagi chiqishlari, ilmiy izlanishlarining samaradorligi bilan g‘oliblikka munosib edi.

O’zLiDeP Andijon viloyati Kengashi Ijroiya qo‘mitasi raisi, Xalq deputatlari Andijon viloyat Kengashi deputati Xurshidaxon Xalilova boshchiligidagi odil hakamlar xay’ati viloyatdagi “16-Paxtaobod”, “9-Andijon shahar”, “22-Shaxrixon”, “14-Marxamat”, “10-Oltinko‘l”, “20-Chinobod” saylov okruglaridan nomzodi ko‘rsatilgan ishtirokchilar orasidan 12 nafarini respublika bosqichida qatnashishga munosib deb topishdi.

 

  • Ko'rildi
    129
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+