Qashqadaryolik yosh parlamentchilar saralandi

13.02.2023, 15:41

Qashqadaryolik yosh parlamentchilar saralandi

Qashqadaryo yoshlari orasida mamlakat qonun ijodkorligi jarayonida ishtirok etish niyatida bo‘lgan 203 nafar yigit-qizlar Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti”ga bo‘ladigan saylovda ishtirok etish uchun hujjat topshirgan edilar. Yoshlarning davlat va jamiyat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirish,  siyosiy – huquqiy  bilimlarini mustahkamlash, iqtidorlarini namoyon etishga yaqindan ko‘maklashadigan mazkur parlament a’zoligiga talabgorlar o‘rtasidagi bahs anchagina qiziqarli va savol-javoblarga boy bo‘ldi. 

 O’zLiDeP Qashqadaryo viloyat kengashi raisi, 9-Guliston saylov okrugidan xalq deputatlari viloyat kengashi deputati Shuhrat Aslanov raisligidagi hakamlar hay’ati yoshlarni O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va amaldagi boshqa qonun hujjatlarini qay darajada bilishlari,  parlament faoliyatiga oida yangiliklardan boxabarligi, siyosiy partiya va uning kengashlari, deputatlar faoliyati bilan tanishligi, istiqlolga daxldorlik tuyg‘usi, erkin fikrlash qobiliyati va nutq madaniyati, faol fuqarolik pozitsiyasining shakllanganligi, partiya dasturiy maqsadlarini tengqurlari orasida targ‘ib qilish borasidagi ishlari, matbuot va OAVga maqolalar bilan chiqishlari, ilmiy salohiyatini baholab, munosiblarini saraladilar.    

 Viloyatning 126-Beshkent, 129- Koson, 131- Kitob, 134-Yakkabog‘ va 136-Dehqonobod saylov okruglaridan ko‘rsatilgan nomzodlar orasidan 10 nafar ishtirokchi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi “Yoshlar parlamenti”ga bo‘ladigan saylovda ishtirok etishga loyiq deb topildi.

  • Ko'rildi
    268
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+