Nukus shahar "Ishga marhamat" monomarkazida ochiq eshiklar kuni tashkil qilindi

13.02.2023, 15:55

Nukus shahar

Nukus shahridagi "Ishga marhamat" monomarkazida ochiq eshiklar kuni tashkil qilindi. Unda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi qo‘mita raisi, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesidagi O'zLiDeP fraksiyasi rahbari Sh.O’temisov, tegishli korxona va tashkilotlardan vakillar, tadbirkorlar va OAV vakillari ishtirok etdi.

Dastaval ishtirokchilar markaz tomonidan o‘tgan 2022 yil "Inson qadirini ulug‘lash va faol mahalla" yilida amalga oshirilgan ishlar va kelgusi rejalar bo‘yicha muhokama qilindi. Jumladan, monomarkazda  o‘tgan yilda 3122 nafar fuqarolar kasb-hunarga o‘qitilgan bo‘lsa, ular asosan  xizmat ko‘rsatish va servis sohasi, texnik sohalar, xorijiy tillar va raqamli  texnologiyalar  kabi turli xil sohalar kesimida o‘qitilgan. Bundan tashqari markazda  imkoniyati cheklangan fuqarolar, ayollar, yoshlar va temir daftarida ro‘yxatda turgan fuqarolar ham o‘zlari sevgan kasb turlari bo‘yicha o‘qitilganligini ta’kidlab o‘tdi.

Shudan so‘ng markazda tinglovchilar uchun o‘rgatilayotgan kasb-hunar turlari, muddatlari, natijalar, ko‘rgazma qurollari bilan ham yaqindan tanishildi.

Tanishish jarayonida ishtirokchilar tomonidan Monomarkazda bundan boshqa kasb-hunar turlarini ko‘paytirish, ushbu markazlarni har bir tumanda tashkil etish bo‘yicha takliflar bildirildi. 

E’tiborli tomoni nogironligi bo‘lgan shaxslarning shu yerning o‘zida Surdotarjimon tomonidan o‘qitilayotganligi, ularning imkoniyati cheklanganligi, nogironligiga qaramasdan qiziqish bilan daromad topishga intilayotganligini ko‘rish mumkin. 

Birgina misol manikyur bilan shug‘ullanish maqsadida kelgan qizlarimiz bitta fuqaroga xizmat ko‘rsatsa kamida 200 ming so‘m, bir kunda esa 800 ming so‘m daromad topayotgan bo‘lsa, yigitlar konditsioner, zamonaviy kotyol, isitish uskunalarini ta’mirlashning 30 foizini teoriyada o‘rgansa, 70 foizini amaliyotta o‘tamoqda. "Bir yigitga qirq hunar ham oz" degan naqlning bejizga aytilmaganligini anglash qiyin emas. 

Bundan tashqari markaz qoshida issiqxona ham faoliyat yuritmoqda.   Issiqxonada bir vaqtning o‘zida qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish bilan birga Kaliforniya qurti parvarish qilinib, biogomus ishlab chiqarilmoqda. Bu Kaliforniya qurtidan 1 kvadrat metrga 200 ming so‘mga, uning ozuqasi bo‘lgan go‘ngni  500 ming so‘mga sotib olib, 3 oydan so‘ng 7-7,5 mln. so‘m daromad topish mumkin.

Bu esa o‘z navbatida har bir kishi tadbirkorlik bilan shug‘ullanish orqali daromadga ega bo‘lish imkoniyatiga ega ekanligini anglash qiyin emas. 

Tadbir davomida ishtirokchilar markazda tinglovchilar uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishar ekan, o‘zlariga katta ta’surotlar olib, markaz faoliyatida kasb turlarini ko‘paytirish borasida o‘zlarining taklif va tavsiyalarini ham bildirishdi. 

O'zLiDeP Qoraqalpog‘iston Respublikasi

Kengashi matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    317
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+