Deputatlik eshituvida tuman rahbarlari hisobot berdi

13.02.2023, 15:56

Deputatlik eshituvida tuman rahbarlari hisobot berdi

Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashidagi O’zLiDeP deputatlik guruhining yig‘ilishi buldi. Dastlab, “Chortoq tuman gaz” ta’minoti bo‘limi boshlig‘i I.Boydedayevning hisoboti tinglandi.

Ta’kidlandiki,  kuz-qish mavsumini barqaror o‘tkazish hamda aholi va ulgurji ist’molchilarni tabiiy gaz ta’minotini bir me’yorda  ta’minlash maqsadida avariya holatlari oldini olish uchun tuman bo‘ylab 3 ta maxsus avtomashina, 5 komplekt “Avtogen” payvadlash apparatlari va 5 ta payvandlash brigadasi, muhandis va texnik xodimlardan iborat navbatchillik tashkil etilgan.

Mahallalar hozirgi kunda suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlanib kelinmokda. Shuningdek, “Beshkapa”, “Bog‘iston”, “Keskanyor”, “Muchum” va “Yangi obod” MFYlarda tabiiy gaz bilan ta’minlashda bugungi kunda texnik imkoniyat yo‘qligi sababli jami 30 ming 500 ta xonadon imtiyozli narxda suyultirilgan gaz ballonlari bilan ta’minlanmokda.

Kun tartibidagi ikkinchi masala yuzasidan Chortoq tuman elektr tarmoqlari korxonasi boshlig‘i I.Boytamovning hisobotida esa 2023 yil boshidan elektr ta’minotini yaxshilash, aholiga uzluksiz va sifatli elektr energiyasini yetkazib berishda tarmoqlarni modernizatsiya va rekonstruksiya qilish ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Jumladan, tuman iste’molchilariga yagona energo tizimdagi 15 ta nimstansiyadan, 1 168 km. masofadagi elektr uzatish tarmoqlari, 27 dona transformator punktlari orqali elektr energiya yetkazib berish hajmi iste’molga mutanosib ravishda 119.7 mln. kV/s.ga yetkazilishi rejalashtirildi.  51  ming 359 ta aholi xonadonlariga va 2 ming 102 ta ulgurji iste’molchilar korxonasiga zamonaviy elektron hisoblagichlar o‘rnatildi.

Yig‘ilishda deputatlar har ikkita masala bo‘yicha o‘z takliflari va fikrlarini bayon qilishdi.

Aniqlangan muammolarni o‘z vaqtida bartaraf qilish bo‘yicha tegishli ko‘rsatmalar berib o‘tdilar.

  • Ko'rildi
    262
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+