Ziyoli ayollar o‘zaro hamkorlik o‘rnatadigan bo‘ldi

13.02.2023, 15:58

Ziyoli ayollar o‘zaro hamkorlik o‘rnatadigan bo‘ldi

O’zLiDeP Toshkent viloyati Kengashi, O’zNNTMa Toshkent viloyati hududiy bo‘linmasi ilm-fan sohasida xotin-qizlarning o‘rniga doir salbiy qarashlarga qarshi faol kurashib, ayollar va qizlarning ilm-fan bilan to‘laqonli foydalanishlari uchun teng imkoniyatlar yaratilishi, shuningdek xotin-qizlarning huquqlarini kengaytirish maqsadida qator tadbirlarni birgalikda amalga oshirib kelmoqda.

Nurafshon shahridagi Davlat xizmatlari markazi katta majlislar zalida o‘tkazilgan davra suhbati ham ayni shu maqsadda tashkil etildi.

Olima ayollarni qo‘llab-quvvatlash, mamlakatda xotin-qizlar ta’limiga alohida e’tibor berilishini yanada kuchaytirish maqsadida viloyatdagi NNTlarning o‘zaro hamkorligini kengaytirishni ko‘zlagan tadbirda so‘z olgan O’zNNTMA Toshkent viloyat hududiy bo‘linmasi boshlig‘i Ibrohim Xolmatov davlat va jamiyat rivojida ziyoli opa-singillarimizning ulushi beqiyos o‘rin tutishi xususidagi o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi “Ayollarning siyosiy faolligi, jamiyatdagi o‘rni va mavqeini oshirish” bo‘limi Diyora Boltayeva 2023 yilda birinchi navbatda, e’tibor Yangi O’zbekiston uchun eng katta investitsiya bo‘lgan ta’lim, ilm-fan va innovatsiyalarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilishini belgilab berilgani xususida to‘xtaldi.

Partiya ham Murojaatnomada yurtboshimiz tomonidan ilgari surilgan xalq farovonligi hamda mamlakat taraqqiyotida muhim ahamiyat kasb etuvchi qator tashabbuslar, belgilab berilgan vazifalar ijrosini ta’minlash doirasida xotin-qizlarning ta’lim olishlariga katta e’tibor qaratayotgani, ilm-fan sohasida izlanishlar olib borayotgan opa-singillarimizni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash yuzasidan amaliy chora-tadbirlarni amalga oshirib kelayotgani haqida atroflicha ma’lumotlar berdi.

 Davlat rahbarining tashabbusi bilan mazkur o‘quv yilidan boshlab xotin-qizlar ta’limiga alohida e’tibor qaratilganini alohida e’tirof etdi.

Magistraturada o‘qiyotgan barcha qizlarning kontrakt pullarini to‘liq budjetdan qoplab berish uchun har yili 200 milliard so‘m mablag‘ yo‘naltirilayotgani, doktorantura yo‘nalishida xotin-qizlar uchun, har yili kamida 300 tadan maqsadli kvota ajratilayotgani ortida juda katta otalarcha g‘amxo‘rlik mujassamligini ta’kidladi.

Tadbirda O’zbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasining Toshkent viloyat Kengashi raisi, Xalq deputatlari Toshkent viloyat Kengashidagi partiya deputati Murodjon Nasirov ham ishtirok etib, bugun O’zbekistonda ilmiy izlanishlar olib borayotgan xotin-qizlarga ko‘rsatilayotgan g‘amxo‘rliklar haqida mushohada yuritdi. Tadqiqotchilik bilan shug‘ullanayotgan xotin-qizlarning huquqlarini tobora kengaytirilayotganiga alohida e’tibor qaratdi.

Ilm-fan sohasidagi xotin-qizlar kuni munosabati bilan Kasaba uyushmalari federatsiyasining esdalik sovg‘alarini ulashdi.

Tadbir so‘ngida xotin-qizlar turmush tarzini yaxshilanishida qo‘shayotgan xissasi va yordami uchun viloyatning 22 nafar faol xotin-qizlariga tashakkurnoma va esdalik sovg‘alarini taqdim etdi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    228
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+