Deputat Viktor Pak Piskent tumanidagi saylovchilar bilan uchrashdi.

13.02.2023, 16:00

Deputat Viktor Pak Piskent tumanidagi saylovchilar bilan uchrashdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasidagi partiya deputatlarining o‘z saylangan okruglari saylovchilari bilan uchrashib, ularni qiynab kelayotgan muammolarni o‘rganish maqsadida uchrashuvlar tashkil etishi yaxshi an’anaga aylangan. Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati Viktor Pak Piskent tumanidagi saylovchilar bilan uchrashdi.

O’zaro ochiq samimiy muloqot ruhida kechgan uchrashuvda xalqimiz sog‘lig‘ini saqlash uchun barcha tibbiy xizmatlarni eng chekka tuman va mahallalar darajasigacha tushirilayotganini alohida e’tirof etdi. Mazkur masalaning mohiyati xususida alohida to‘xtaldi. Imkoniyati cheklangan aholi qatlamini ijtimoiy tibbiy ta’minoti masalasi ustuvor vazifalar sirasidan ekanini aytarkan, bugungi tashrifi chog‘ida ham bunga alohida e’tibor qaratganini bildirdi.

Ayni shu maqsadda hududda istiqomat qiluvchi imkoniyati cheklangan ehtiyojmandlarning so‘rovlarini inobatga olgan holda ularning og‘irini yengil qilishga yordam beradigan zaruriy anjom va uskunalar keltirganini ma’lum qildi.

Piskent tumanida yashovchi ehtiyojmand oilalarning 43 nafar imkoniyati cheklangan a’zolariga nogironlik aravachalari, parvarishda zaruriy gigiyenik ashyolar to‘plamlari, tibbiy uskunalarni taqdim etdi.

Xalq dardini o‘z dardi deb biladigan deputat ularning I-guruh nogironini parvarishlash va boquvchisini yo‘qotganlik nafaqasini tayinlash, 78 yoshli I-guruh nogironi yashovchi avariya holatidagi uyning balkon-terassa qismini mustahkamlash va unda imkoniyati cheklangan shaxsning parvarishi va istiqomati uchun zaruriy sharoit va qulaylik yaratib berish, pensiya ta’minoti miqdorini oshirish, tibbiy muolaja va jarrohlik amaliyotida moliyaviy jihatdan ko‘maklashish, nogironligi bor oila a’zosi parvarishiga ijtimoiy xizmat vakilini jalb qilish, asfalt zavodini qayta ishga tushirish masalalaridagi murojaatlari bilan yaqindan tanishdi.

Tadbirda tumanga yangi tayinlangan hokim Nodirbek Yakubov tantanali ravishda partiya safiga qabul qilindi. Tuman hokimiga partiyaga a’zolik guvohnomasi taqdim qilindi.

Zuxro Mirzohamdamova,

O’zLiDeP Toshkent viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    295
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+