Davlatimiz rahbarining Jizzax viloyatiga tashrifi davomida bergan ko‘rsatmalar ijrosi boshlab yuborildi

13.02.2023, 16:51

Davlatimiz rahbarining Jizzax viloyatiga tashrifi davomida bergan ko‘rsatmalar ijrosi boshlab yuborildi

Prezidentimizning Jizzax viloyatiga tashrifi aynan Paxtakor tumanidagi "Paxtakor elita urug‘chiligi" fermer xo‘jaligidan boshlangani, qishloq xo‘jaligi sohasi mutasaddilari va paxta-to‘qimachilik klasterlari rahbarlari bilan muloqotda hosildorlikni oshirish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ko‘rsatmalar berilgani – umrini, hayotining mazmunini yer bilan bog‘lagan soha xodimlari bilan birga, qishloqlarda istiqomat qiladigan barcha aholining ko‘nglini tog‘dek ko‘tarib yubordi. Chunki, Jizzaxda aytilgan fikrlar, berilgan ko‘rsatmalar butun mamlakatimiz qishloq xo‘jalik xodimlariga ham taaluqli ekanligi sir emas.

Davlatimiz rahbarining o‘tgan yili oktyabrda Sirdaryo viloyatiga qilgan tashrifi chog‘ida ham soha xodimlari bilan uchrashib, muloqot qilgan edi. O’shanda Prezidentimiz dala chetlaridagi yerlardan samarali foydalanish, fermer va ishchilarga qulaylik yaratish uchun dala uylari qurish zarurligini aytgan edi.

Buning ijrosi va samarasi bugungi kunda Jizzax viloyatidagi ko‘plab fermer xo‘jaligida namoyon bo‘lmoqda. Dala chetiga tut, uzum, poliz va dukkakli mahsulotlar ekilmoqda, asalari uyalari qo‘yilib, parranda boqilmoqda. Yengil konstruksiyalardan dala uylari qurilib, uning tomida quyosh panellari o‘rnatilmoqda. Bularning barchasi avvalambor, dalada qalb qo‘ri, peshona teri evaziga mo‘l hosil yetishtirayotgan fermer va dehqonlarimiz, ularning oila a’zolariga yaratilayotgan qulayliklarning ko‘rinishidir.

Chunki, dala chetlarida yetishtirilgan sifatli va ekologik toza mahsulotlar, tovuq go‘shti, tuxum, asal dalada mehnat qilayotgan odamlarning qozonidagi taomiga ta’m kiritadi, dasturxonining farovonligini ta’minlaydi. Qolaversa, iste’moldan ortganini bozorga chiqarib, qo‘shimcha daromad qilish imkonini beradi.

Ma’lumki, yurtimizda ishsiz fuqarolarga dehqonchilik uchun yerlar ajratilmoqda. Jizzax viloyatida bu orqali 13 mingdan ziyod yoshlarning bandligini ta’minlash mo‘ljallangan.

Prezidentimiz muloqot chog‘ida fermerlarning manfaatdorligini ta’minlash, mahallalarning “o‘sish nuqtalari”ni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha bir qator ko‘rsatmalar berdi.

Ayni paytda O’zbekiston fermer, dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari Jizzax viloyat Kengashi xodimlari va hamkor tashkilot vakillari tomonidan berilgan ko‘rsatmalar ijrosini ta’minlash borasida amaliy ishlar boshlab yuborildi.

Anorboy EShMATOV

O’zbekiston Qahramoni, O’zbekiston fermer,

dehqon xo‘jaliklari va tomorqa yer egalari

Jizzax viloyat Kengashi raisi,

O’zLiDeP Siyosiy Kengashi a’zosi.

Teglar
Munosabat
  • Ko'rildi
    160
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+