Ishchi guruhlarimiz vakillari davlat dasturi loyihasi uchun ko‘plab jo‘yali takliflar bildirdilar
14.02.2023, 10:58

Partiyamizning barcha bo‘g‘inlardagi tuzilmalarida Yangi O’zbekistonning 2022–2026 yillarga mo‘ljallangan taraqqiyot strategiyasini joriy – “Insonga e’tibor va sifatli ta’lim yili”da amalga oshirishga oid davlat dasturi loyihasi muhokamalari bo‘lib o‘tyapti.
Kuni kecha O’zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasida navbatdagi ana shunday tadbir videokonferensaloqa shaklida o‘tkazildi. Qayd etish kerakki, partiya hududiy va markaziy tuzilmalarida taraqqiyot strategiyasining har bir yilda muayyan yo‘nalishlarda amalga oshirilishi bo‘yicha deputatlik va jamoatchilik nazorati olib borishga mas’ul ishchi guruhlar tashkil qilingan. 21 yo‘nalish bo‘yicha ish yuritayotgan mazkur ishchi guruhlar o‘tgan yillarda davlat dasturlarida belgilangan vazifalar bajarilishi yuzasidan samarali jamoatchilik nazoratini olib bordilar.
Tilga olingan muloqotda ishchi guruhlar rahbarlari – Oliy Majlis Qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlar deputatlari, partiya tashkilotlari mas’ul xodimlari davlat dasturi loyihasi yuzasidan fikr almashdilar.
Davlat dasturining har bir bandi va yo‘nalishi ijrosini ta’minlash partiyamiz faollari zimmasiga katta mas’uliyat yuklashi ta’kidlandi. Davlat dasturi loyihasi keng jamoatchilik muhokamasi asosida xalqimizning takliflari asosida takomillashtirilayotgani, unda davlatimiz rahbarining parlament va xalqimizga yo‘llagan murojaatnomasida ilgari surilgan dolzarb masalalarni hal etishning aniq yo‘llari va mexanizmlari belgilab berilgani bilan ahamiyatli ekanligi qayd etildi. Shuningdek, loyihaning muhim jihatlari, xususan, “Inson qadri uchun” ustuvor g‘oyasining to‘la ro‘yobga chiqishiga xizmat qiluvchi chora-tadbirlar, dastur loyihasini umumxalq muhokamasidan o‘tkazish jarayonidagi yangiliklar va ma’lumotlar haqida ham so‘z yuritildi.
Ishchi guruhlar rahbarlari, a’zolari mohiyat-e’tibori bilan mamlakatimiz jadal taraqqiyoti, xalqimiz farovonligi yanada oshishiga xizmat qiluvchi ko‘plab aniq va asosli taklif-tavsiyalarni bildirdilar.
O'xshash yangiliklar
-
Andijonda quyosh panellari o‘rnatilgan mehmonxonada amaliy seminar tashkil qilindi
20.02.2023, 12:26
-
Yetishtirilgan 113 millionta ko‘chat, yer sotib olayotgan ayrim odamlarning nomaqbul ishlariga chek qo‘yish bo‘yicha taklif...
16.12.2022, 15:40
-
Chorvachilik sohasida amalga oshirilayotgan ishlar o‘rganildi
15.12.2022, 11:52
-
Partiya ishchi guruhi davlat dasturining 286-bandi bajarilishini muhokama qildi
09.12.2022, 18:12
-
Ishchi guruh: Guliston tibbiyot klasteri faoliyati tahlil qilindi
02.12.2022, 17:30
Fikringizni qoldiring