Yoshlar parlamenti saylovi: Jizzax viloyat bosqichida 76 nafar yoshlar o‘zaro bahslashdilar

14.02.2023, 11:39

Yoshlar parlamenti saylovi: Jizzax viloyat bosqichida 76 nafar yoshlar o‘zaro bahslashdilar

Ayni kunlarda joylarda yoshlar parlamentiga eng munosib nomzodlarni saralab olish jarayoni qizg‘in davom etmoqda. Jizzax viloyatida ham “Yoshlar parlamenti”ga 35-G’allaorol saylov okruglaridan eng munosib nomzodlarni saralab olish jarayonlari yuqori saviyada tashkil etildi.

Saylovlarning dastlabki bosqichida, partiya tuman (shahar) Kengashlaridagi hakamlar hay’atlari unda qatnashish istagini bildirgan 617 nafar ishtirokchidan 76 nafarining hujjatlarini  viloyat bosqichida ko‘rib chiqish uchun saralab oldilar.

Saylovning ikki kun mobaynida o‘tkazilgan viloyat bosqichida esa  saylovda ishtirok etish uchun o‘z nomzodini ko‘rsatgan har bir qatnashchi belgilangan mezonlar buyicha atroflicha tahlil qilindi.

Hakamlar hay’atining yakuniy xulosasiga ko‘ra, 4 nafar ishtirokchi respublika bosqichida qatnashishga munosib deb topildi.

   SirojiddinAxmatov,

O’zLiDeP Jizzax viloyat Kengashi

Yoshlar va biznes tuzilmalari

bilan ishlash bo‘limi mudiri

  • Ko'rildi
    255
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+