Yoshlar parlamenti saylovi: Samarqanddan 12 nafar yoshlar respublika bosqichida o‘zaro bellashadi

14.02.2023, 11:40

Yoshlar parlamenti saylovi: Samarqanddan 12 nafar yoshlar respublika bosqichida o‘zaro bellashadi

Samarqandda O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasi huzuridagi Yoshlar parlamentiga saylovning viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari, viloyat partiya faollaridan iborat hakamlar hay’ati nomzodlarning hujjatlari bilan tanishib, yoshlarning loyhalarini tahlil qilishdi, nomzodlar bilan qizg‘in savol - javob o‘tkazishdi.

Bu yilgi saylovda Samarqand viloyatida O’zLiDePdan jami 250 nafar faol yoshlar hujjat topshirdilar va tuman-shaharlarda partiya faollaridan iborat hakamlar hay’ati nomzodlar orasidan yoshlarning jamoatchilik orasida o‘zining tashabbuskorligi, siyosiy savodxonligi, qo‘lga kiritgan yutuqlari, shunindek, partiya tomonidan tashkil etilayotgan turli tadbirlardagi faol ishtiroki bilan ajralib turgan 45 nafar yosh yigit-qizlarni saralab oldilar.

Hakamlar tomonidan nomzodlarning siyosiy bilimlari, faoliyati davomida erishgan yutuqlari, shuningdek, yoshlarni mamlakatimizda amalga oshirilayotgan siyosiy jarayonlardagi o‘rni va rolini yanada oshirish hamda barcha sohada dunyoqarashi keng va yetuk bilimga ega bo‘lgan yosh yigit - qizlarning 12 nafari  saralashning respublika bosqichiga tavsiya etildi.

Quvonarlisi yoshlarimiz bugungi siyosiy jarayonlarga befarq emasliklari yaqqol ko‘rindi. Suhbatlar vaqtida yosh nomzodlar joriy yilgi Davlat dasturi loyihasiga bir qator takliflarni berishdi.

Nasiba Mo‘minova,

O’zLiDeP Samarqand viloyat Kengashi

bo‘lim mudiri

  • Ko'rildi
    265
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+