Surxondaryolik eng faol yosh parlamentchilar saralandi

14.02.2023, 11:44

Surxondaryolik eng faol yosh parlamentchilar saralandi

Bugun zamonaviy yoshlar o‘zlarining erkinliklari, qonuniy huquqlari bilan bog‘liq dolzarb muammolarni hal qilishga qodir va demokratik fuqarolik jamiyatini shakllantirish jarayonining faol ishtirokchisiga aylanishmoqda. Buni Oliy Majlis huzurida faoliyat yuritayotgan Yoshlar parlamenti faoliyatida ham ko‘rish mumkin.

Ayni kunlarda ushbu parlamentga yoshlarning manfaatlarini qamrab oladigan muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy muammolarni hal qilishda ishtirok etadigan yoshlar saralab olinmoqda. Xususan, partiyaning viloyat Kengashida bo‘lib o‘tgan saralash boqichida saylov komissiyasi a’zolari amaldagi Nizomda ko‘rsatilgan talablar bo‘yicha  nomzodlarga baho berishdi. Nomzodlar o‘zlarining erishgan yutuqlari, saylovoldi dasturlari hamda kegusidagi rejalari haqida so‘zlab berishdi.

Shuningdek, ularning bugungi siyosiy jarayonlar, yoshlarga oid qonunchilik bo‘yicha bilimlari ham sinovdan o‘tkazildi. Tanlov nihoyasida esa  ishtirokchilar orasidan eng munosiblari saylovning respublika bosqichida qatnashish uchun tavsiya qilindi.

O’zLiDeP Surxondaryo viloyat Kengashi

matbuot xizmati

  • Ko'rildi
    333
  • Chop etish
  • Do'stlar bilan ulashish
← Orqaga qaytish

Fikringizni qoldiring

+